Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
30.12.2007.
Bolalikdagi sevgi Kech kuz. Kun juda salqin. Jondorda yomg`ir jala, Ko`k gumbazida chaqin, Yashnagan bog`u dala. Qo`shni hovlida o`lan, Yor-yor avjida, biroq Oqshom tushishi bilan, O`chdi elektr chiroq. Yor vaslin bir ko`rmakka, Chiqdim ko`cha boshina, Botibdi loy, ko`lmakka, Kelin tushgan moshina. Qo`shni hovliga bu kech, O`tar bo`ldim tom osha, Tomda turib to`yni, hech Qilganmisiz tomosha?. Bir pas pastga tushgim yo`q, Sinfdoshlar safiga, Quruq gapga xushim yo`q, She’r yozsam bir sahifa. Jo`ymo`minlik jo`ralar, Bu ishimga hangu mang, Eh, pishmagan g`o`ralar, Tatimas to`y, anjuman. Egnida harir libos, Men suygan qiz bu o`sha, Uzib berganman gilos, Tanasi qo`sha-qo`sha. Suvga chiqqanda subhda, Kiyardi u xonatlas, Juft-juft olmani suvga, Oqizganmiz basma-bas. Chopqillab keng dalada, O`ynaganmiz kim o`zar, Bugun yomg`ir jalada, Kelin bo`ldi u go`zal. Bolalikdagi sevgi, Qirda qolgan qizg`aldoq, Yuvsa ketmas bir belgi – Ko`ksimda u qizdan dog`. * * * Ona mehri tubsiz bir ummon, Har qatrasi tiriklik jomi. Kundek kulib boqaylik har on, Tushmay turib umrning shomi. * * *
Ona mehri bir ummon duri beqiyos. Nur qadri, dur qadrini angladim, faqat Onam umri ufqiga botganda quyosh. * * *
Tortar taomining ta’mi g`animat. Bolam deb tilidan bol tomar chog`i, Koyib dil og`ritar dami g`animat. * * *
Ko`hna dunyo qasriga ustun. Yetay desang, tirigida yet, Ota-ona qadriga do`stim. * * *
Otaga tik boqma, qil tavba. Ul zotlarning muborak nomi, Umring kitobida sarlavha. * * *
Hajlarga ne hojat ziyorat. Ona ko`ngli og`risa, Alloh Oxirating qilmasmi g`orat. * * *
Har bir kunning savobini tut. Xudo xoxlab, ulg`aysa farzand, O`sha savob javobini kut. * * *
Sig`may qolar so`zi mantiqqa. Kim to`shakka tosh qotgan yuz yil, Kim jonini topshirgan tikka. * * *
Ko`nglimiz bir cheti shikasta. Biz kutmagan nogoh fursatda, Taqdir toldan tutqazar hassa. * * *
Qaysi rizo, qaysi norizo? Norizolik ro`zi mahsharda, Sizu bizga eng oliy jazo. * * *
Dardimga teng sherikdaysiz, Onajon, har lahza, har dam Yuragimda, she’rimda siz. * * *
Qarog’imda qalqir qatra-qatra yosh, Ko’ksimdagi ohlar alangasida, Erib ketar go’yo, butun qabr tosh. O`lim kelsa aytib kelmas I Yaproq uzib har daraxtdan, Ko`ksimda bir bog` yaratgan, Mehr sochib, nur taratgan, Otam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Yerga qadab ketmonini, Yanchib bug`doy somonini, Qurib qo`yib qo`rg`onini, Otam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Kun oqshomga og`averar, Oy ham ma’yus boqaverar, Anhor sokin oqaverar, Otam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Sabo, ko`nglim so`roqlab kel, Dil daftarim varaqlab yel, Boychechak sen daraklab kel, Otam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Qariyverib qadrin bildim, Farzand farzin, qarzin bildim, Bu haq so`zni har zum bildim, Otam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. II Har tong ra’nochoy damlagan, Kulcha yopib non tanlagan, Jambilu rayhon jamlagan, Onam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Uzib qo`yib bir bosh uzum, Eshikka ko`z tikkan har zum, Duolari uzun-uzun, Onam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Tugunida behi, anor Tashib, o`tgan kuni bisyor, Yalpiz tutar yana bahor, Faqat, onam qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Goh gapimdan og`ringan u, Og`rib turib sog`ingan u, Bugun ketgan bog`imdan u, Onam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Vujud qarib, ruh toliqqan, Ko`ngil mehrga zoriqqan, Jonim titrar bu og`riqdan, Onam endi qaytib kelmas, O`lim kelsa aytib kelmas. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling