Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet28/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

12.01.2008


E Y D O` S T
O N A NG T I R I G I D A


Ey do’st, onang tirigida qo’y aziz poyiga bosh,
Titrab turgan kiprigiga qo’nmasin behuda yosh.
Zeb berib ko’ngil qasriga, vaqtida yet qadriga,
So’ng, bir chaqadir, qabriga tilladan qo’ysangda tosh.

Ayirmasa bas


Bahorlari baxt tutar yurtim,


Tolesi toj, taxt tutar yurtim,
Ko’ksi otash, taft tutar yurtim,
Quchog’idan ayirmasa bas,
Shu yurt xoki aziz, muqaddas.

Tiz cho’kib, gul, giyohni o’pdim,


Jilmaygan bir nigohni o’pdim,
Yonib turgan yonoqni o’pdim,
Yaprog’idan ayirmasa bas,
Shu yurt xoki aziz, muqaddas.

Majnuntoli suvga maqtanar,


Yalpizlari yayrab yastanar,
Qizlari gul qirqib, dastalar,
Chorbog’idan ayirmasa bas,
Shu yurt xoki aziz, muqaddas.

Eslab, onam aytgan ertakni,


Ko’zga surtdim kulgan kurtakni,
Urib turgan uyg’oq yurakni,
Titrog’idan ayirmasa bas,
Shu yurt xoki aziz, muqaddas.

Xayollarim yelga aylanar,


Oshiq ko’nglim she’rga aylanar,
Oh, vujudim yerga aylanar,
Tuprog’idan ayirmasa bas,
Shu yurt xoki aziz, muqaddas.

Sensiz olam jilvasi yo’q, rangi yo’q




1
Ey do’st, onang tirigida qo’y aziz poyiga bosh,
Titrab turgan kiprigiga qo’nmasin behuda yosh.

Yaratgandan umr tilab, mehrini yig’ tomchilab,


Ona ko’ksidan nur tilab, iltijo aylar quyosh.

Ona diydori xush ne’mat, har duosi g’animat,


Ko’rsatib tur xayru himmat, bor bisoting aylab chosh.

Zeb berib ko’ngil qasriga, vaqtida yet qadriga,


So’ng, bir chaqadir, qabriga tilladan qo’ysangda tosh.


2
Onajon, sensiz bu olam jilvasi, yo’q rangi yo’q,
Bo’lsa bordir shirin nolam, ko’nglim xush ohangi yo’q.

Qalbga tushmas qatracha nur, yo’q halovat, yo’q huzur,


Besabr, ham besas umr jomining jarangi yo’q.

Nurga to’lmas ko’z qarog’im, gulga to’lmas quchog’im,


Ot minar bo’lsam, oyog’im ostida uzangi yo’q.

Ona mehri tiniq chashma, Jalil Rahmat adashma,


Lab tomchi shabnamga tashna, oh, tunlarim tongi yo’q.

Oydin qishloq


Yelkam uzra tashlab to’rva, o’rog’imni,


Yo’l boshlasam, qumsab dala, o’tlog’imni,
Shumlik bilan shilib daraxt po’stlog’ini,
Oyoq yalang kezgim kelar qishlog’imni.

Ketmonimni tashlab qo’yib loyqa suvga,


Kechalari dardim aytsam oy suluvga,
Ergashib har sahar chog’i qo’y suruvga,
Oyoq yalang kezgim kelar qishlog’imni.

Piru keksa duosidan durlar yig’ib,


Yashnab turgan nigohida nurlar yig’ib,
Yigit qizlar chehrasidan gullar yig’ib,
Oyoq yalang kezgim kelar qishlog’imni.

Suhbat qurib o’n yetti yosh do’stim bilan,


Yeti qavat osmon qadar o’sdim biram,
Ruhga rohat berar o’tmish o’y, xotiram,
Oyoq yalang kezgim kelar qishlog’imni.

Oydin qishloq, chiroy ochsa, oy nimadir,


Anhori bir to’lib toshsa, soy nimadir,
Bunda bandasi bearmon ko’z yumadir,
Oyoq yalang kezgim kelar qishlog’imni.

Ota hovli


Mehri bo’lak, sehri bo’lakcha,


Maysa ungan yeri bo’lakcha,
Chor atrofi gulzor, yo’lakcha,
Otam yashab o’tgan hovlining.

Fayz, baraka, farishtasi bor,


Tanga tutash jon rishtasi bor,
Sirlashar har ustun, har devor,
Onam yashab o’tgan hovlining.

Choshgohda chor taraf gul isi,


G’unchaning noz, nafis kulgusi,
Haroratli, o’tli yulduzi,
Otam yashab o’tgan hovlining.

Ko’klamda ko’z ochar kurtagi,


Kuzda xushta’m xurmo, turshagi,
Nur taratar har to’rt burchagi,
Onam yashab o’tgan hovlining.

Behisida behisht isi bor,


Beshigida tumor izi bor,
Eshigida esar xush ifor,
Otam yashab o’tgan hovlining.

Darvozasi, darchasi imlar,


Oq ro’moli parchasi imlar,
Ro’shno ruhlar sharpasi imlar,
Onam yashab o’tgan hovlining.

Onam duosi


Onamning mehridan daryoni topdim,


Qalamning sehridan dunyoni topdim,
Nuroniy chehradan ziyoni topdim,
Dunyoga yetaklar onam duosi.

Kulbamga kuт tushar kulganda yuzi,


Ko`ngilga gul to`shar rango-rang so`zi.
Xayrlar yog`ilib yorishgan izi,
Dunyoga yetaklar onam duosi.

Ostona ortidan kulib kuzatar,


Xatoyim xastpo`shlab turib, tuzatar,
Zoriqsam, qalbini o’yib uzatar,
Dunyoga yetaklar onam duosi.

Tongda peshonamni o`pgan yel bo`lib,


Ko`ksimga ko`klardan yog`gan sel bo`lib,
Tomchisi shabnamday toza she’r bo`lib,
Dunyoga yetaklar onam duosi.

Onamey

Yurak tafti dunyoga o`t yoqsa-da,
Qahratonda qaqshab yurgan onamey.
Mehri daryolardan о`zib oqsa-da,
Saratonda qaqrab, kuygan onamey.

Ko`ksi tog`dan-da serviqor soyabon,


Vale qaddi bukilgan dol onamey.
Kaftida yer qo`nar, kiftida osmon,
Ko`ngli tag`in aftoda hol onamey.

Men esa o`z-o`zim bilan ovora,


O`tayotir umrim qog`oz titkilab,
Xayolimda gulu gulzor, favvora,
Qizlar o`tar ehtirosni qitiqlab.

O`shalar deb g`azal yozdi bir talay,


Dilpora o`g`lingiz Jalil erta-kech,
Kimlarningdir ko`nglin ovlab, har qalay
Bir bora ko`nglingiz olomadim hech.

Jo`ymo`min


Ey ona qishlog`im so`lim Jo`ymo`min,


Har qariching bildim aziz, muqaddas,
“Zinhor zavol ko`rma, iloho omin”,
Deya qo`l ochganman to so`nggi nafas.

Garchi sen unutding, men esa kutdim,


O`z-o`zim bu xasta dilni ovutdim,
Ota-bobolar pok domonin tutdim,
Ko`nglingda kechmadi bo`lakcha havas.

Mehring quyoshida tunu-kun go`yo,


Tiyra nigohlarim emar nur, ziyo
Men uchun tuyular misli gul, giyoh
Taqir dashtlaringda ungan xoru xas.

Xalqing kekni bilmas xudojo`y mo`min


Barisi xokisor ahli Jo`ymo`min
Sen uchun ta’rif-u tahsinlar son ming,
Jon-dilim rishtasi joningga payvast.

Ajdodlar xoki bu Bibi Kabo`tpo`sh,


Bunda yotar qancha qavm-qarindosh, do`st
Hatto ilon tashlar yetti qavat po`st
Qadringni bilmasa bir nonko`r nokas.

Tuprog`i zar, tillo buyuk maxzanim


Ko`zimga to`tiyo bu ko`hna zamin,
Kindik qonim tomgan ona Jo`ymo`min,
Jalil Rahmat vasfing kuylashdan tinmas.

Kuz shamoli tegib har gul, yaproqqa


Xazon aylab qorishtirar tuproqqa
Umr karvon manzilga tinch qo`nmoqqa
Bir parcha yeringdan bersang yetar, bas.

Kulbamaro kulgan quyosh


Otajonim tirigida,


Bilsam qadri arzon ekan.
Titrab turgan kiprigida,
Qalqqan yoshi marjon ekan.

Kulbamaro kulgan quyosh,


Tafti dilda armon ekan.
Har qatrasi durga qiyos,
Mehri toshgan ummon ekan.

Dunyo o`zi Sahro Kabir,


Umr o`tar karvon ekan.
Gohda aziz, goh beqadr,
Ota, bunda sarbon ekan.

Bolalik qir, qoyalarda


Chopqillagan jayron ekan.
Gohda qolib soyalarda,
Sarsonu ham hayron ekan.

Otasi bor ko`ngli tinch, to`q


Ekkani gul, rayhon ekan.
Otasizlar ko`ksida cho`g`,
Tegrasi keng sayhon.

Jalil ko`ngli bir pokiza


Oftob balqqan osmon ekan.
Qatra-qatra nur oqiza
Ruhim chaygan iymon ekan.

O`zing onajon


Jannat guli unib chiqar bosgan izingda,


Ko`kdagi hur suluvlar amru izmingda,
Kun yorishib nur yog`ilib turar yuzingda,
Ezgulikning oppoq tongi o`zing onajon,
Dunyoda yo`q hech bir tengi o`zing onajon.

Aziz joning rishtalari tutash jonimga,


Qaynoq mehring to`lib toshar oqar qonimda,
Hayot atalmish bu ko`rkam bog`-bo`stonimda,
Borliqning beg`ubor rangi o`zing onajon,
Poklikning beqiyos ramzi o`zing onajon.

Poyingga tiz cho`kar yuksak qoya,cho`qqilar,


Yurar yo`lingda oy, quyosh nuri to`kilar,
Sha’ning ulug`lab, qancha she’r, ash’or to`qilar,
Qo`shiqlarim avj ohangi o`zing onajon.
Yurak torim sho`x jarangi o`zing onajon.

Yoding birla goh yupanib ovungan bo`ldim,


Ko`ngil og`rib, goh entiqib sog`ingan bo`ldim,
Zor termulib suratingga sig`ingan bo`ldim,
Bir siymo-ki, qalbda mangu o`zing onajon,
Yaratding so`z, kuyim yangi o`zing onajon.

Ona diydori


Muqaddas siz bosgan har bir ostona,


Ko`zga surtib qolay xoki poyingiz.
Ko`kdagi hurlardan yerda nishona,
Asli osmon qadar yuksak joyingiz.

Bir tomchi bergan oq sutingiz haqqi


Umrimni baxshida aylasam yetmas,
Bir misra allangiz hurmati, balki
Mingdan ming qasida so`ylasam yetmas.

Onajon qalbingiz taftiga hatto,


Qanchalar olisdan talpinar quyosh,
Mehringiz toshqini azim bir daryo,
Sermavj ummonlarga aylagum qiyos.

Sog`inch hislarini yurakka tuyib,


Intiq kechgan damlar o`zi g`animat.
Goho diydoringiz zavqiga to`yib,
Mehringizga qonsam, buyuk bir ne’mat.

Umringiz daryosi oqar shoshilinch,


Armonli yillarga qarshi qasdma-qasd,
Dard to`la ko`ngilda mudom bir ilinj,
Bu ona diydori aziz, muqaddas.
Jondor

Jondorim, jon tomirimga tutash bir tansan,


Ruhim yayrar kezib qishloq, yaylov, dalangni.
Vatan ichra sen ham menga aziz Vatansan,
Dil yorishar yodga olsam yomg`ir, jalangni.

Bag`ringni tut, bolalikka qaytay bir nafas,


Kapalaklar tutib kaftga qo`ndirgim keldi.
Ko`nglim olgan ko`hlikkina, ko`ylagi atlas,
O`sha qaysar qizaloqni ko`ndirgim keldi.

Quloqqa ham yoqmas ekan nuqul quruq gap,


Keng jahonga jar solibman o`zni shoir deb.
Ikki misra yozolmasam noming ulug`lab,
Jondorim, bir hovuch jonim el poyiga sep.
Qishloqda kechgan kunim
Qishlog`im qo’ynida kechgan har kunim,
Bolalik bag`rida his etdim o’zni.
Shu tuproq tubida eng so`nggi qo`nim,
Shu tuproq betida ochganman ko`zni.

Jo`ymo`min, Jo`mard el, ko`ksida gard yo`q,


Ko`rkam, gul husnida zarracha zard yo`q,
Seni sog`inishdan shirinroq dard yo`q,
Tonglarda tomchilab sochganman so`zni.

Tushimda turnaga tutib tut mayiz,


Bolari boshiga yopdim ko`k yalpiz,
Chumolilar chizdi chiroyli bir iz,
Yomg`irga yolvorib men chaydim yuzni.

Kapalak kashf etgan unsiz ohangman,


Ko`ksingda ko`milgan ko`hna nolangman.
Ko`changni changitib chopgan bolangman,
Ta’m tanidim, sendan tatib non, tuzni.

Odam tanib, olam sehrini tuydim,


Olam tanib, qalam mehrini tuydim,
Yoshlikning yoqimli xayolin suydim,
Qirlarda qidirib qirq kokil qizni.

Mehringga qongan kun quvnab, quddusim,,


Jonim har qatida qaytib ming o`sdim.
Sen mening eng aziz bolakay do`stim,
Bag`ringga chuqurroq yoydim ildizni.

Seni sog`inishdan shirinroq dard yo`q,


Jo`ymo`min, Jo`mard el, ko`ksida gard yo`q.

Otajon

Xotira ummoni girdobiga g`arq,
Xayolot osmoni uzra muallaq,
His etdim o`zimni netay-ki har vaqt,
Sizni eslaganda aziz otajon.

Tinglab oqqushlarning mahzun sasini,


Qumsab gul-chechaklar xush nafasini,
Sog`indim yoshlikni, bahor faslini,
Sizni eslaganda aziz otajon.

Oqqushga aylanib ruhingiz go`yo,


Yetkazdi armon anduhingiz go`yo,
Buncha tor ko`rindi ko`zimga dunyo,
Sizni eslaganda aziz otajon.

Tuprog`ingiz uzra undi giyohlar,


Xasta qalbim ichra singdi siyohlar,
Fikrimni chalg`itar so`ngsiz so`roqlar,
Sizni eslaganda aziz otajon.

Bag`rimga bosganda erka o`g`limni,


O`z-o`zim yupatdim bir kam ko`nglimni,
Dunyoda haq bildim faqat o`limni,
Sizni eslaganda aziz otajon.

Nevaralar boshin silab ulgurmay,


Oq fotiha, duo tilab ulgurmay,
O`g`lingiz she’rlarin tinglab ulgurmay,
Ketdingiz ko`ksimni tig`lab otajon.

Qishloqni sog`inib


Qoraladi yosh qirqni,


Oraladi sochda oq.
Kechib loyqa ariqni,
Changitgim keldi tuproq.
Sog`indim seni qishloq.

Loy ko`chanda qorishib,


Oy kechangda yorishib,
Urushib ham yarashib,
Kun o`tsin mayli o`rtoq.
Sog`indim seni qishloq.

Qo`zichoqni erkalab,


Bir boylam o`t orqalab,
Dala-yu dasht oralab,
Yurgim bor yalang oyoq.
Sog`indim seni qishloq.

Suyib ko`kning mohini,


Yuvdim ko`ksim dog`ini,
Egib olma shoxini,
O`payin uzoq-uzoq.
Sog`indim seni qishloq.

Chaman-chaman gulchechak,


Qo`nar juft-juft kapalak,
Qanotlari kamalak,
Gul uzra o`ynar quvnoq,
Sog`indim seni qishloq.

Suvda yastanar yalpiz,


Bo`yidan mast yigit-qiz.
Gul poyiga cho`kib tiz,
Terayin quchoq-quchoq.
Sog`indim seni qishloq.

Xayoldan o`chmas sira,


Tushlarda g`ira shira,
Bolalikdan xotira,
Ko`ngil har lahza mushtoq.
Sog`indim seni qishloq.

Sen bilan qoldi abad,


Tug`ilgan ilk muhabbat
Yozib qo`ydim uch to`rt bayt,
Vujudni bosdi titroq,
Omon bo`l, Oydin qishloq.
Onajon

Yolg’iz xudo g’amim yeydi, siz yeysiz,


Ortginangda qolsin yorug’ iz deysiz,
O’zni demay, o’g’il deysiz, qiz deysiz,
Sizdagi bor mehr, tag’in kimda bor?.

Olis-olis osmonlarga qarayman,


Oyning kumush kokilini tarayman,
Bilmam, qay bir kuningizga yarayman,
Sizdagi bor xayr, tag’in kimda bor.

Jilmayasiz, og’ritsam ham ko’nglingiz,


Boshim silab qo’yar titroq qo’lingiz,
Farzandim deb, har baloga ko’ndingiz,
Sizdagi bor sabr, tag’in kimda bor.

Duoingiz tugilgan ko’z tumorin,


Bo’ynim uzra osib qo’ying onajon,
Ko’nglim to’lib, yozilsin dilxumorim,
Bag’ringizga bosib qo’ying onajon.

Bosh egib yuraman


Do’stim, senga aytsam dildagi arzim,


Yolg’iz Xudoyimdan bor faqat qarzim,
O’z qadrimga kuyib, yig’larman har zum,
Bosh egib yuraman, qadrim bilganga.

Otamni tanigan bolamni so’rsa,


Yaratganga qilgan nolamni ko’rsa,
Bobom ekkanini nabiram o’rsa,
Bosh egib yuraman, qavim bilganga.

Yomg’irga tutaman kuygan bu bag’rim,


Sarg’ayib kelmoqda bima-bir bargim,
Yarimta ko’nglim bor, bir butun dardim,
Bosh egib yuraman, qalbim bilganga.

Shukr, Jalil Rahmat jonim salomat,


Kerakmas davlatu savlat, salobat,
So’ng… Bir kaft don kerak, bitta tilovat,
Bosh egib yotaman, qabrim bilganga.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling