Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
27.12.2008.
Ey erkam Shalolalar shavqi xush yoqar, Jilg`alarda ohanglar oqar, Jayronlar ham jilmayib boqar, Sho`xligingni eslab ey erkam. Sho`xligingni eslab ey erkam, Xayollarim ko`chasi ko`rkam. Dardim olis dalangda qoldi, Pari chehra pallangda qoldi, Vujudim o`t alanga oldi, Cho`g`ligingni eslab ey erkam. Cho`g`ligingni eslab ey erkam, Kunim kuyar betoqat ertam. Kiprikda ko`z yoshlar qalqidi, Soylar toshib toshlar qalqidi, Hushi uchib boshlar chalg`idi, Yo`qligingni eslab ey erkam. Yo`qligingni eslab ey erkam, Dunyo bir kam, ko`ngil ham bir kam. 15.01.2009 Uyg`otib qo`yma Yulduzga qo`l cho`zsam samoda uchib, Bir pas orom olsam xayoling quchib, Latif labingdan bol bodalar ichib, Bag`ringda uxlasam, uyg`otib qo`yma. Diydamdan dur to`ksam diydoring so`rab, Nigohingga cho`ksam xumoring so`rab, Sunbul sochlaringni bo`ynimga o`rab, Tushimda yig`lasam, uyg`otib qo`yma. Zulfu kokilingdan tolalar qirqib, Gulsavat to`qisam afsunlar o`qib, Gunohlardan cho`chib xudodan qo`rqib, Ko`ksimni tig`lasam, uyg`otib qo`yma. Agar yana bir bor balki so`nggi bor, Vaslingni tilasam, uyg`otib qo`yma. 01.02.2009. Meni tashlab qo`ymang birovga Ko`zingizda kulib turgan kurtakman, Ko`ksingizda yig`lab turgan yurakman, Siz uchun bir afsonaman, ertakman, Jonim meni tashlab qo`ymang birovga. Qay bir oshiq gul ishqida kuymagan, Qismat meni qil ustida qiynagan, Birovlarga sizni ko`zim qiymagan, Siz ham meni tashlab qo`ymang birovga. Quyosh yig`ar tongda shabnam durlarin, Mehr yuvar dilning g`ubor, kirlarin, Qizg`aldoq ham qumsab yashar qirlarin, Jonim meni tashlab qo`ymang birovga. Sitamlardan dilgir dili siyohman, Bir barmoqqa bardoshi yo`q giyohman, Suratingiz tushgan sirli nigohman, Jonim meni tashlab qo`ymang birovga. Siginganim qalb ko`shkingiz mehrobi, Sog`ingani sof sevgingiz selobi, G`arq aylasin g`am-g`ussangiz girdobi, Faqat meni tashlab qo`ymang birovga. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling