Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet17/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

04.06.2006.

Zebiniso

Zulfingiz bo’ynima sirtmoq,
Ortingizda ovoraman,
Yelkangizda o’ynar irmoq,
Sho’x irmoqqa dil yoraman.

Zebi, Zebi, Zebiniso,


Zebo qomat, zulfi siyo,
Ollohdan oy jamolingiz
So’rab, qilgum ming iltijo.

Bog’ingizda gullab bodom,


Boychechaklar boqar shodon,

Umidim shu guldan mudom,


Yolg’iz sizga yolvoraman.

Zebi, Zebi, Zebiniso,


Zebo qomat, zulfi siyo,
Ollohdan oy jamolingiz
So’rab, qilgum ming iltijo.

Nozikkina nozbo’y gulim,


Xush suratim, xushbo’y gulim,
Ishqingizda bu ne zulm,
Yurak-bag’ri sadporaman.

Zebi, Zebi, Zebiniso,


Zebo qomat, zulfi siyo,
Ollohdan oy jamolingiz
So’rab, qilgum ming iltijo.

Sochildi xush iforingiz,


Buncha shirin ozoringiz,
Ollohga shukr boringiz,
Sizsiz qayon ham boraman.

Zebi, Zebi, Zebiniso,


Zebo qomat, zulfi siyo,
Ollohdan oy jamolingiz
So’rab, qilgum ming iltijo.

Ko’zgu oldida turib


Buncha shirin, buncha xush xumori gulsanamning,


Tillamidi yo kumush, tumori ul sanamning.

Ko’zgu oldida turib, ko’z-ko’z qilar qomatni,


Nozi ila o’ldirib, keltirar qiyomatni.

Dengizmidi bu ko’zlar, mavjida ishq surati,


Qirmizi rang gul yuzlar oshiq bulbul hayrati.

Oppoq bo’yin, yelkalar uzra yoyiq soch mayin,


Shamol silab erkalar, sekin-asta shoshmayin.

Taroq tegsa sochiga taralar sho’x irmoqlar,


Irmoq sochgan tomchiga lab tutar gul, giyohlar.

Gul qatida qalqigan qatra-qatra marjonmi?,


Ko’nglim suyib alqagan o’sha guli rayhonni.
G’unchamidi dudoqlar va yo yoqut, la’lmidi?,
Hajri ko’ksimni dog’lar Uzromi u, Laylimi?.

Shu qizga ko’nglim berib, ko’nglin olay joyiga,


Jonim simobday erib, oqib tushsin poyiga.

Buncha shirin, buncha xush xumori gulsanamning,


Tillamidi yo kumush, tumori ul sanamning.

Yoqma go’zalim


Qayrilma qosh, qaysar qiz,


Lablari bol, kavsar qiz,
Biz g’ariblar g’amin yeb,
Solmasmi bir nazar qiz.
Yoqma, go’zalim yoqma,
Oyning nurida oqma,
Oh cheksam kulib boqma,
Mijgoning o’q, vijdoning yo’q.

Otgan oq olmam ushlab,


Ko’ngilchangni xo’b xushlab,
Buncha shirin ekan deb,
Qo’yding-ku yarim tishlab.
Oq olmam qaytib otma,
Yurakka toshday botma,
Sirim olamga sotma,
Nigohing cho’g’, vijdoning yo’q.

Ko’z-ko’z qilib husnini,


Yashirar gul ismini,
O’ram-o’ram sochidan,
Sochar anbar isini,
Yoqma, go’zalim yoqma,
Oyning nurida oqma,
Oh cheksam kulib boqma,
Mijgoning o’q, vijdoning yo’q.

Bilib olib otini,


O’zim beray dodini,
Tutqich bermas beliga,
Qo’l uzatay botinib,
Yoqma, go’zalim yoqma,
Oyning nurida oqma,
Oh cheksam kulib boqma,
Mijgoning o’q, vijdoning yo’q.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling