Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
17.10.2008.
-Sinfdosh qiz Gul fasli navbahorda, O’tayotib anhordan, Turib qoldim ko’prikda, Yosh qalqidi kiprikda. Esga oldim yoshligim, Qani qalam qoshligim, O’sha bag’ri toshligim, Sinfdosh qiz, sinfdosh. Yarim ochiq darchasi, Ko’rinmaydi sharpasi, Yiltillaydi bir chiroq, Vujudda qo’zg’ab titroq. Esga oldim yoshligim, Qani qalam qoshligim, O’sha bag’ri toshligim, Sinfdosh qiz, sinfdosh. Ko’prik qilday mayinmi, O’tmoq shuncha qiyinmi, Kutganlarim sarobdir, Sevmoq ham bir savobdir. Esga oldim yoshligim, Qani qalam qoshligim, O’sha bag’ri toshligim, Sinfdosh qiz, sinfdosh. Ko’kdan yomg’ir tomchilar, Ko’ksimni kim qamchilar, Ishqi dilda yashirin, Azobi muncha shirin. Esga oldim yoshligim, Qani qalam qoshligim, O’sha bag’ri toshligim, Sinfdosh qiz, sinfdosh. Sevib qolsam kerak Yurak, yetar endi qiynama, Hajr tig’in sanchib siynama, Ming bir kuyga solib sinama, Taqdirimda yozilgan kuni, Sevib qolsam kerak, men uni. Labga og’u tutmoqda firoq, Vujudimda izma-iz titroq, Yana azob, yana iztirob, Taqdirimda yozilgan kuni, Sevib qolsam kerak, men uni. Dardim aytsam, daryo to’lg’onar, Ko’ksim yorib toshdi tug’yonlar, Kurtaklar ko’z ochib uyg’onar, Taqdirimda yozilgan kuni, Sevib qolsam kerak, men uni. Uzun ekan ishqning ertagi, Mahzun ekan tutgan chechagi, Bu armonlar bo’lib kechagi, Taqdirimda yozilgan kuni, Sevib qolsam kerak, men uni. Zulfi sirtmoq solib bo’ynimga, Bir suluv, jim uxlar qo’ynimda, Oshiqlari qolar keyinda, Taqdirimda yozilgan kuni, Sevib qolsam kerak, men uni. Boshida gul chodar Keling, sayri chorbog’aro, qir bag’ri lolazor o’lsin, Bir yonda gul tarab ifor, bir yon mohiruxsor o’lsin, Bog’da bulbul nola cheksin, gulg’uncha hajru dog’ida, Ul mohiruxsor izida ming oshiq intizor o’lsin. 1. Qadu qomati ajabe, Qaro zulflari kajake. Tishlari dur, labi la’li badaxshone, Yuzlari gul, ko’zlari sho’x, nurafshone. Rahm etmassan ey gul, holi xarobimga, Bulbul faryod chekar, chertar rubobimga. Rubobim torlari zulfing tolasidir, Ko’nglimning zorlari hajring nolasidir. Ishq mayiga to’ldir billur qadahni-ye, Kel, mayliga mast ayla men sarsaxtni-ye. 2. Chamanda charx urar bulbul, lola, lola, gulilola, Xonishidan kuyar bu dil, lola, lola, gulilola. Subhda gul bargi dur, marjon, lola, lola, gulilola, Shamolda shoxlari larzon, lola, lola, gulilola. Sanam belida gul tasma, lola, lola, gulilola, Vasliga bu ko’ngil tashna, lola, lola, gulilola. Bu bog’ning hur, suluvi-ye, lola, lola, gulilola, Bir tomchi uzum suvi-ye, lola, lola, gulilola. Tomchi suv bir yutum bo’lmas, lola, lola, gulilola, Oshiq bag’ri butun bo’lmas, lola, lola, gulilola. 3.
Kokili mushkianbar, ol ko’nglimey. Zulflari tolasi zar, kel gulimey, Kiprigi jonga nashtar, ol ko’nglimey. Xumor ko’zlaring qadab, kel gulimey, Qo’ysang-da mayli aldab, ol ko’nglimey. Tovusdek xirom aylab, kel gulimey, Shirin bir kalom aylab, ol ko’nglimey. Poyinnga gul to’shayin, kel gulimey, Joning jonga qo’shayin, ol ko’nglimey. 4.
Boshida gul chodar, Kelar nozanin yore, Oh bunchalar lobar, Kuyar bu jonim zore. Dil zavqi navo, Go’zal raqs yallamidi yore, Gul aksimi, yo Gulchehra qiz bolamidi yore. Ol yuzli sanam, Qirdagi gul lolamidi yore, Gul uzra shabnam, Subhdagi dur jolamidi yore. Ko`ngil xumori, Nozli, shirin nolamidi yore, Ishqim tumori, Zulfidan bir tolamidi yore. Surxon suluvi Surxondaryo suluvi, Bir tomchi uzum suvi, Suratiga suqlanib, Qolibman o’zim suyib. Uzolmasdan uzumni, Qiynab qo’ydim o’zimni, Qayda ekan manzili, Boysunmidi, Uzunmi?. Qoshlari oy o’rog’i, Dovdiratar so’rog’i, Voajab gul vujudi, Zar qog’ozga o’rog’li. Yoqimli noz, ibosi, Yarashar gul libosi, Sunbul sochini silab, Sarhush Surxon sabosi. Epchillikda jayronday, Sayr aylar qir, sayhonda. O’zim bundaman, ko’nglim Sarson, o’sha Surxonda. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling