Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet12/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

12.08.2007.

Eh, qaylarda qoldik biz


O’sha dam, o’sha kunni,


Ayt unutmoq mumkinmi?,
Nechun taqdir yukini
Ko’tarolmay toldik biz,
Eh, qaylarda qoldik biz.

Sehr qani so’zdagi,


Mehr qani ko’zdagi,
Erta kelgan kuzdagi
Yaproqdan rang oldik biz,
Eh, qaylarda qoldik biz.

Oqib dard daryosida,


Kuyib ishq sahrosida,
Ikki o’t arosida
Hayrondek biz, loldek biz,
Eh, qaylarda qoldik biz.

Visol sari intilib,


Dil-bag’rimiz ming tilib,
Va оxir unutilib,
Bechora bir holdek biz,
Eh, qaylarda qoldik biz.

Seni sevib


Dilim og’rir, ko’ksimda sanchiq,


Qarog’imdan oqqan yosh achchiq,
Darddoshim, ham sirdoshim yostiq,
Seni sevib, senga sevilib.

Boychechakday bahorni kutib,


Bahor o’tmay, kuzga yuz tutib,
O’zimni ham qo’ydim unutib,
Seni sevib, senga sevilib.

Ko’kda bulut, yomg’ir tomchilar,


Yayrab qoldi, u yolg’onchilar,
Ming baloga bitta jon chidar,
Seni sevib, senga sevilib.

Bag’rim qirda yongan loladay,


Yig’lab qoldim, yosh bir boladay,
Ovunganim bir piyola may,
Seni sevib, senga sevilib.

Jalil Rahmat, ko’nglim gul tilar,


Diydor tilar, dona dur tilar,
Toledan bir tola nur tilar,
Seni sevib, senga sevilib.
04.11.2007.

Tuyg’ular titrog’i


Ko’ngilning keng osmoni go’zal,


Toshib turgan ummoni go’zal,
Iltijosi, iymoni go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Gul ayyomim, bayramim go’zal,


Havaslarim, hayratim go’zal,
Yalpiz bilan yayradim go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Bog’u bahor, boychechak go’zal,


Kaftimdagi kapalak go’zal,
Ko’klardagi kamalak go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Qushlar qo’shiq aytsalar go’zal,


Qaldirg’ochlar qaytsalar go’zal,
Shabnam qo’ngan maysalar go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Yurak to’lib to’lg’onsa go’zal,


Kurtak kulib uyg’onsa go’zal,
Quyosh ko’rib quvonsa go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Toshqin soylar irmog’i go’zal,


Barchinoylar barmog’i go’zal,
Singlim, zulfing sirtmog’i go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.
Qirda ohu o’ynoqlar go’zal,
Yomg’ir o’pgan yonoqlar go’zal,
Bol talashgan dudoqlar go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Subhning salqin sabosi g’ozal,


Sozning sirli sadosi go’zal,
Sayri gulzor safosi go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

G’uncha lablar kulsalar go’zal,


Oshiq chekkan g’ussalar go’zal,
Shoh misralar, qissalar go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Muhabbatning armoni go’zal,


Kiprikdagi marjoni go’zal,
Hayajonlar har oni go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

His-tuyg’ular titrog’i go’zal,


Dil sog’inchi, firog’i go’zal,
Suluv qizlar so’rog’i go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Yor jamoli yog’dusi go’zal,


Bulbulga gul og’ushi go’zal,
Olloh ishqi orzusi go’zal,
Go’zaldir u va yana go’zal,
G’azaldir u, she’rdir u azal.

Sog’inib yashayman


Qator kipriklarni ko’ksimga qadab,


Chiroyli ko’zlaring qo’ysada aldab,
Yarimta jonimni sen uchun asrab,
Sog’inib yashayman yolg’onlaringni.

O’lsam, o’la qolay arazlaringga,


Jonib chidolmas, yov qarashlaringga,
Gul is yoyar kokil tarashlaringga,
Sog’inib yashayman rayhonlaringni.

Mehr tilaganga chashmadir ko’nglim,


Bir tomchi mehrga tashnadir ko’nglim,
Oshiqlar ohiga oshnadir ko’nglim,
Sog`inib yashayman armonlaringni.

Aldamchi tuyg’ular qalbim tig’laydi,


Oyog’ing ostida qadrim yig’laydi,
Dil yorsam, daryoga dardim sig’maydi,
Sog’inib yashayman ummonlaringni.

Qator kipriklarni ko’ksimga qadab,


Chiroyli ko’zlaring qo’ysada aldab,
Yarimta jonimni sen uchun asrab,
Sog’inib yashayman yolg’onlaringni.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling