Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet8/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

12.09.2007.

Kuydi jonim yarimtasi


Dunyolarga teng bildim har qarashingiz,


Ko`nglimga xush yoqar nozu arazingiz,
Oftobmi yo, olovmidi orazingiz,
Kuyib ketdi butun jonim yarimtasi,
Laylomisiz va yo falak farishtasi.

Ilinj ila izingizdan boqqan o`zim,


Marjon-marjon ko`zingizdan oqqan o`zim,
Labim tishlab, qalbim o`tda yoqqan o`zim,
Kuyib ketdi butun jonim yarimtasi,
Zuhromisiz va yo falak farishtasi.

Behishtmi yo Bog`i Rizvon bag`ringiz yor,


Biz g`aribga berk g`aroyib shahringiz yor,
Tashna dilim qondirsin ishq bahringiz yor,
Kuyib ketdi butun jonim yarimtasi,
Shirinmisiz va yo falak farishtasi.
Zulfingiz zar tolasiga jonim ilay,
Ilingan jon jolasiga to`zim tilay,
Azobingiz o`zim chekib, o`zim o`lay,
Kuyib ketdi butun jonim yarimtasi,
Kumushmisiz va yo falak farishtasi.
Mayda qadam tashlama
Mayda qadam tashlama,
Arazingni boshlama,
Oshiqlaring ko’paytirib,
Yuragimni g’ashlama.

Tovus kabi tovlanma,


Ko’ksimda olovlanma,
Muhabbatim xor aylab,
Yot ko’ngilga ovlanma.

O’rgilay o’ng, so’lingdan,


May ichay gul qo’lingdan,
Kokiling tolasiga,
Jonim ipi ilingan.

Bir ko`ngil bor


Sahrolarda sabri sarg`ayib,


Dardingizdan darbadar, g`arib,
Gohi g`olib, gohida g`oyib,
Bir ko`ngil bor, sizni sog`ingan.

Azobi mo`l, dil xunobi mo`l,


Iztirobi, ishq girdobi mo`l,
Hasrat bitilgan kitobi mo`l,
Bir ko`ngil bor, sizni sog`ingan.

Osmonlardan og`ib, quyilgan,


Ozorlardan og`rib, kuyingan,
Ishqsizlarga telba tuyilgan,
Bir ko`ngil bor, sizni sog`ingan.

Diydor tilab dardga ko`milgan,


Dildor tilab dardga ko`milgan,
Zor yig`lab, zardobga cho`milgan,
Bir ko`ngil bor, sizni sog`ingan.

Armonini tutib toliqqan,


Karvonini kutib toliqqan,
Sof dur, shaffof nurga zoriqqan,
Bir ko`ngil bor, sizni sog`ingan.

Tongda tomchi-tomchi sepilgan,


Na sevingan, na bir sevilgan,
Jalil Rahmat suyib, sig`ingan,
Bir ko`ngil bor, sizni sog`ingan.

Aldandim

Diydoringdan durlarni tilab,
Nigohingdan nurlarni tilab,
Ifori xush gullarni tilab,
Muhabbatim senga aldandim,
Uzildi ko`ksimdan bir bandim.

La’lga qiyos qilib labingni,


Ko`kdan izlab nur, kavkabingni,
Faqirgina tinglab qalbingni,
Muhabbatim senga aldandim,
Uzildi ko`ksimdan bir bandim.

Ko’z qamashib zar, bezagingga,


Ishonibman har cho`pchagingga,
Umid boylab boychechagingga,
Muhabbatim senga aldandim,
Uzildi ko`ksimdan bir bandim.

Cho`kib tubsiz ummoningga men,


Ko`z tikdim dur, marjoningga men,
Arzidim bir armoningga men,
Muhabbatim senga aldandim,
Uzildi ko`ksimdan bir bandim.

Non aziz
I


Non aziz, ko’zingga surt, yo’g’ingni ham bor aylar u,
Borga qanoat qilib kut, nasibang bisyor aylar u.

Zaxmat ila topilsa shon, tandir qizib yopilsa non,


Kulib tursa kulcha, shirmon, dilga xush ifor aylar u.

Risqing yig’may misqol-misqol, uvog’ini qilsang uvol,


Tik qomating misoli dol, qora soching qor aylar u.

Kaftlaring ochib duoga, shukr qilib yur Xudoga,


Noshukrlik har baloga, nogoh giriftor aylar u.

Jalil Rahmat gar anglasang, haq tanib, haqni tanlasang,


Sen nimani xor aylasang, bir kun seni zor aylar u.

I I


Dehqon mehri tushgan yerdan yaralgan,
Peshonasi to’kkan terdan yaralgan,
Xush bo’ylari dimoqqa xush taralgan,
Non azizsan, non azizsan, azizsan.

Ona zamin harorati sen bilan,


Xonadon fayz, tarovati sen bilan,
Ko’ngillar xush farog’ati sen bilan,
Non azizsan, non azizsan, azizsan.

Yaratganga ishqi butun, elimga,


Iymoni but risqi butun elimga,
Beshik quchib xayol surgan kelinga,
Non azizsan, non azizsan, azizsan.

Dalasidan yayrab qaytar dehqonim,


Dasturxonga duo aytar mehmonim,
Barakasi o’zi bilan ehsonim,
Non azizsan, non azizsan, azizsan.

Momolarim tandir cho’g’i, taftida,


Bobolarim titroq qo’li kaftida,
Jalil Rahmat halol so’zi lafzida,
Non azizsan, non azizsan, azizsan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling