Jalil rahmat


Gul qatida marjonsiz (Muhriddin va Husniddin Xoliqovlar xotirasiga)


Download 0.5 Mb.
bet5/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

06.08.2005.
Gul qatida marjonsiz


(Muhriddin va Husniddin Xoliqovlar xotirasiga)
Alloh sizni buncha erta yo’qladi,
Sozlar tinib, tebranishdan to’xtadi,
Qo’shiq yetim, kuy g’aribga o’xshadi,
Sozu tanbur bo’lib ketgan og’alar.

Ko’rolmaslar yomon ko’zi tegdimi,


Yarolmaslar yolg’on so’zi yengdimi,
Qaro qismat qomatingiz egdimi,
Ochilmas sir bo’lib ketgan og’alar.

Kun oqarmay botdi umr shomingiz,


To’libmidi va yo sabr jomingiz,
Muhrlandi qalbga Muhr nomingiz,
Bir parcha nur bo’lib ketgan og’alar.

Husniddin husniga to’ymay ko’z qoldi,


Ko’ngilda bo’z, tilda yarim so’z qoldi,
Yolg’on dunyo qoldi, chin yor-do’st qoldi,
Bir dasta gul bo’lib ketgan og’alar.

Izi yorug’, so’zi ulug’ insonsiz,


Ko’kda yulduz, ko’ksimizda armonsiz,
Dil baytida, gul qatida marjonsiz,
Javohir, dur bo’lib ketgan og’alar.
25.12.2005.
Do’st bormikan

Mag’rur boshing egsa minnat oshlari,


Tanga og’ir tegsa ta’na toshlari,
Yomg’irday yog’ilsa alam yoshlari,
Hovuchini tutar bir do’st bormikan.

Ish tushganda ishonganing pand bersa,


Bir bolani aldagandek qand bersa,
O’z hovlingda sig’may holing tang bo’lsa,
Hovlisida kutar bir do’st bormikan.

Karvoning qum kechib cho’lda qolar kun,


Halol haqqing o’zga qo’lda qolar kun,
Yaxshiliging yarim yo’lda qolar kun,
Kamu ko’sting butlar bir do’st bormikan,

Oy betiga loy chaplashdan foyda yo’q,


Tulpor dong’i gijinglagan toyda yo’q,
Qo’ling ko’kka yetib, ko’ngling tutsang to’q,
Qutlug’ kuning qutlar bir do’st bormikan.

Sen xudoning yodida bo’l


Birov keyin, birov oldin ekan har vaqt,


“Sabr tagi sariq oltin” deganlar haq,
Ko’ngil toza bo’lsa, rizqu nasibang naqd,
Eng avvalo, sen xudoning yodida bo’l.

Tola-tola yog’ilgan nur qadri bo’lak,


Qatra-qatra yig’ilgan dur qadri bo’lak,
To qiyomat har bandaning qabri bo’lak,
Eng avvalo, sen xudoning yodida bo’l.

Oz-oziga shukr qilsang, ozodasan,


Alloh nomin zikr qilsang, ziyodasan,
Umr bo’yi otdami, yo piyodasan,
Eng avvalo, sen xudoning yodida bo’l.

Jalil Rahmat, umid qilib yor vaslini,


Qalbingda qur, qanoatning qo’sh qasrini,
Qayg’urma ko’p, topmadim deb do’st aslini,
Eng avvalo, sen xudoning yodida bo’l.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling