Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet3/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

17.05.2009.

Behuda

Fayz bo’lmasa, tilla naqsh ko’shku ayvon behuda,
Lafz bo’lmasa, la’livash labu dahon behuda.

Bulbul bazm qurmasa, gullar ta’zim qilmasa,


Ko’ngil hazm qilmasa, ul kuy, doston behuda.

Olov o’chsa o’choqda, yo bolang yo’q quchoqda,


Ayo do’stlar, shu chog’da osgan qozon behuda.

Yoru do’st, yo qarindosh ta’na ila bersa osh,


Bo’g’zingda qotar bir tosh, totar tuz, non behuda.

Sochlarga tushib qirov, olis chopmasa ulov,


Qo’ling tutmasa birov, qilsang armon behuda.

O’z yo’lida zavqu shavq, har boshda bir o’lim haq,


Ertami kech kelib vaqt, bu shirin jon behuda.

Jalil Rahmat dil titroq, qo’rqar xudodan ko’proq,


Nasiba kaft-kaft tuproq, essiz inson behuda.

Alloh

Yo Allohim, eshitgin dil ohlarimni,
Nuring ila yashnatgin nigohlarimni,
Maxfirat aylagin ayb, gunohlarimni,
Mahbubim, mehribonim Allohim, Alloh,
Beqiyos, benuqsonim Allohim, Alloh.

Qarog’imdan yosh quydim, iltijo aylab,


Sajdalarga bosh qo’ydim, iltijo aylab,
Tavbalarim qabul qil, iltifot aylab,
Mahbubim, mehribonim Allohim, Alloh,
Beqiyos, benuqsonim Allohim, Alloh.

O’zginangdan o’zga bir panohim yo’qdir,


Ko’ngil ko’shkida qodir podshohim yo’qdir,
Orazi nur oftobim, gul, mohim yo’qdir,
Mahbubim, mehribonim Allohim, Alloh,
Beqiyos, benuqsonim Allohim, Alloh.

Xotirjamlik tilab elimga


Chehrasidan shaffof nur sochib,


Kaftlarini duoga ochib,
Yoshi sakson-to’qsondan oshib,
Bobolarim xotirjam yursin.

Nabiraga ochib quchog’in,


Taqib qo’yib shoda munchog’in,
Gir aylanib tandir, o’chog’in,
Momolarim xotirjam yursin.

Tong qo’ynida yorishib kuni,


Oy nuriga qorishib tuni,
Ro’zg’orining boshi, ustuni,
Otajonlar xotirjam yursin.

Xonasini fayz ila bezab,


Bolasini beshikka belab,
Elagida unini elab,
Onajonlar xotirjam yursin.

Yurtga, yorga sodiq burch bilan,


Tog’ni tolqon qilar kuch bilan,
To’n-do’ppisi yarashib biram,
Alp o’g’lonlar xotirjam yursin.

Kezib gulzor, bog’u dalani,


Qoyillatib qo’shiq, yallani,
Yashnatib har qo’rg’on, qal’ani,
Qiz-juvonlar xotirjam yursin.

Bosh-oyog’i belanib qumga,


Loydan odam yasab har zumda,
Bitta shumlik ko’rsatib kunda,
Bolajonlar xotirjam yursin.

Yaylovda qo’y, sigir o’tlatib,


Keng dalada ketmon o’ynatib,
O’zni ulug’ bekka o’xshatib,
O’zbek elim xotirjam yursin.

Hovli to’yi, o’g’il-qiz to’yi,


Beshik to’yi niyati, o’yi,
Ko’kka yetib g’ururi, bo’yi,
O’zbekiston xotirjam tursin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling