Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet9/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

25.05.2008.

Gul mavsumi, ko’ngil mavsumi


Dala, qirda unib giyohlar,


Jilmaydi bir shirin nigohlar,
Jilolanib oqqan irmoqlar,
O’n yettiga yetkazdi qayta,
Sochimga oq tushgan bir paytda.

Zar tomchilar, zarrin tolalar,


Maysazorga qo’ngan jolalar,
Qiyo boqib qirmiz lolalar,
O’n yettiga yetkazdi qayta,
Sochimga oq tushgan bir paytda.

Tong, saharlar sarxush nasimi,


Gulg’unchalar noz, tabassumi,
Gul mavsumi, ko’ngil mavsumi,
O’n yettiga yetkazdi qayta,
Sochimga oq tushgan bir paytda.

Hayrat ichra har bir tirik jon,


Bulut soqiy, g’uncha labi jom,
Yaproq yozib shaftoli, bodom,
O’n yettiga yetkazdi qayta,
Sochimga oq tushgan bir paytda.

Ko’k yalpizlar yayradi yana,


Bolariga bog’lar boshpana,
Kapalaklar qilib tantana,
O’n yettiga yetkazdi qayta,
Sochimga oq tushgan bir paytda.

Sohilda bir pari raqs etib,


Suratini suvda aks etib,
Gul ismini dilga naqsh etib,
O’n yettiga yetkazdi qayta,
Sochimga oq tushgan bir paytda.
Xudo qisib qo’ymasin

Qisilsang ham har yondan,


Zebu ziynat, hamyondan,
Shukr qil, erta tongdan,
Xudo qisib qo’ymasin.

Kechagi do’st, og’alar,


Har maqomga yo’rg’alar,
O’sha ola qarg’alar,
Ikki ko’zing o’ymasin.

Kirib olib qo’yningga,


Zarlar o’rab bo’yningga,
O’ynab berib to’yingga,
So’ng, pichoqsiz so’ymasin.

Tongda to’ldirib ko’sting,


Shomda shilarlar po’sting,
Shunday besh-olti do’sting,
Qo’y, suymasa suymasin.

Xushomadgo’yni xushlab,


Mushtiparlarni mushtlab,
Oqibat tilni tishlab,
Og’zing oshga kuymasin.

Jalil Rahmat, bag’rim qon,


Dardim qildim dasturxon,
Tinglab turib do’st-yoron,
Qovog’ini uymasin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling