Masalliqlar:
Tayyorlanishi:
Amerikada «mac and cheese» deb nomlanadigan bu taom tayyorlanishi oddiy bo’lob, ta’mi juda mazalidir. Hatto ovqatlanishi injiq bolalarga ham bu ovqat yoqadi.
Bizlar mak end chizga kurka go’shtidan soldik, siz xohishingizga qarab, qaynatilgan tovuq yoki mol go’shtidan solishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m sarflaniladi.*
Kurka go'shtini to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Makaronni yo'riqnomasiga qarab, "al dente" ya'ni sal xomroq qilib qaynatib olamiz.
Gaz pechini 190 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Qozonga sariyog'ni solib eritamiz va unni solib, taxminan 2 daqiqa qovuramiz.
Ustidan sutni solib, sal quyuqlashguniga qadar qaynatamiz.
So'ng qirg'ichdan chiqarilgan pishloqning 2/3 qismini solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtiramiz.
So'ng tuz, murch va muskat yong'og'idan sepamiz.
Qaynatilgan makaronlarni suvini to'kib, o'zini qolipga solamiz, ustidan to'g'ralgan kurka go'shtini solib, aralashtirib olamiz. Tayyor qaylani makaronlarning ustidan quyamiz.
Ustidan qolgan pishloqni sepamiz va 15-20 daqiqa qizigan gaz pechiga qo'yib pishirib olamiz. Albatta issiqligida iste'mol qilamiz.
|