James d. Gwartney


ELEMENT 1.4 Savdo iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 1.4
Savdo iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.


26
ixtisoslashishimizga imkon beradi. Odamlar biror faoliyat turiga ixtisoslashganda, ular uning
mahsulotlarini boshqalarga sotishlari mumkin. Sotishdan olingan daromadni mustaqil ishlab
chiqarish qimmat bo'lgan narsalarni xarid qilishga ishlatish mumkin. Ushbu ayirboshlashlar
orqali odamlar shu tarzda ixtisoslashsa, tovar va xizmatlarni ixtisoslashmagan holatga
qaraqanda kattaroq hajmda ishlab chiqaradilar. Iqtisodchilar bu printsipni qiyosiy ustunlik
qonuni
(?)
 deb atashadi. Bu qonun shaxslar, korxonalar, mintaqalar va mamlakatlar o'rtasidagi
savdoga tegishli.
Qiyosiy ustunlik qonunining asosida sog'lom mantiq yotibdi. Agar kimdir sizni ishlab
chiqarish tannarxingizdan arzonroq bahoda (hamma xarajatlar muqobil qiymat ekanligini
unutmang) mahsulot bilan ta'minlashga rozi bo'lsa, unda uni sotib olish mantiqqa to'g'ri keladi.
Shunda siz vaqt va resurslaringizni o'zingiz arzon narxda ishlab chiqara oladigan mahsulotlarni
ishlab chiqarishda foydalanishingiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, qo'lingizdan eng
yaxshi kelganini ishlab chiqaring, qolganini esa sotib oling. Natijada, siz va sizning savdo
hamkorlaringiz ixtisoslashuv
(?)
va savdodan o'zaro manfaat topasiz. Bu esa ishlab chiqarish
hajmi va daromadlarning oshishiga olib keladi. Aksincha, agar hamma narsani mustaqil ishlab
chiqarishga urinsangiz, bu vaqt va resurslaringizni tannarxi yuqori ko'plab narsalarni ishlab
chiqarishga sarflashni anglatadi. Bu esa ishlab chiqarish va daromadlarning kamayishiga olib
keladi.
Video:
Ixtisoslashtirish va savdo
Masalan, tibbiy hujjatlarni yuritish yoki qabulga yozish ko'pchilik shifokorlarning
qo'lidan yaxshi kelishi mumkin, lekin ular bu xizmatlarni qilish uchun boshqa kimsani
yollagani ma'qulroq. Shifokorlar hujjatlarni yuritishga sarflagan vaqtini bemorlarni ko'rishga
sarflashlari mumkin. Bemorlarni qabul qilishga sarflangan vaqtning ancha qimmatligi tufayli
shifokorlarning tibbiy hujjatlarni yuritishining muqobil qiymati baland bo'ladi. Demak,
shifokorlar tibbiy hujjatlarni yuritish uchun deyarli har doim boshqalarni yollashni ma'qul
topadi. Undan tashqari, agar shifokor tibbiy xizmarlarni ko'rsatishga ixtisoslashib, hujjatlarni


27
yuritishga esa qiyosiy ustunlikka ega shaxsni ishga yollasa, bu boshqa holatga qaraganda
xarajatlarni kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmini
(?)
 oshiradi.
Uchinchidan, ixtiyoriy ayirboshlash korxonalarga katta miqyosli ishlab chiqarish
uslubidan foydalanib, mahsulot birligi tannarxini pasaytirishga imkon beradi. Savdo
korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarini keng ko'lamli bozorlarda sotishlariga imkon
yaratadi. Natijada, 1989-yilda Moldova sharbatlarining jahon bozorlariga kirishi misolidek,
korxonalar katta hajmda mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishlari va ishlab chiqarish
jarayonida miqyos samarasi
(?)
uslubidan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Ushbu jarayonlar
mahsulot birligi tannarxini keskin kamayishiga va ishchi boshiga mahsulot hajmini sezilarli
darajada oshishiga olib keladi. Bu natijalarga savdosiz erishib bo'lmas edi. Bozor kuchlari
(?)
muntazam ravishda ishlab chiqarishni (yuqori tannarxli ishlab chiqaruvchilardan) kam
tannarxli ishlab chiqaruvchilar tomon qayta taqsimlaydi. Natijada, ochiq bozorlar ko'pincha
mahsulot va resurslarni ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar qiymatini, miqdorini va xilma-
xilligini maksimallashtirishni nazarda tutgan holda taqsimlaydi. Xitoy boshqariladigan
iqtisodiyotning ajoyib namunasidir. 1995-yilda jahon savdo tizimiga qo'shilgandan so'ng
fuqarolari savdo va qiyosiy ustunlikdan foydalana oldilar, bu esa milliardlab odamlarni (Xitoy
va mintaqadagi boshqa mamlakatlarda) qashshoqlikdan olib chiqishga imkon yaratdi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling