James d. Gwartney


Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q
Ishlab 
chiqarish 
resurslarining
(?)
cheklanganligi va shu bilan birga insonning
tovar va xizmatlarga bo'lgan istagi deyarli
cheksiz bo'lgani sayyoramizdagi hayot
haqiqatidir. Yangi ust-bosh, hashamatli
kema yoki Shveytsariya Alp tog'larida dam
olishni istaysizmi? Bo'sh vaqt, hordiq
chiqarish va sayohat qilishga ko'proq vaqt
bo'lishinichi? 
Yap-yangi 
Porsh
mashinangizni okean bo'yidagi uyingiz
oldiga haydab kirsihni orzu qilasizmi?
Ko'pchiligimiz bularning hammasiga va
undan ko'proq narsalarga ega bo'lishni
xohlaymiz. Ammo resurslar, shu jumladan
vaqtning tanqisligi
(?)
sababli bizning
imkoniyatlarimiz cheklangandir.
Hamma narsaga istagan miqdorda
ega 
bo'la 
olmasligimiz 
tufayli 
biz
muqobillar orasidan tanlashga majburmiz.
«Tekin taom» degan narsaning o'zi yo'q.
Biror bir narsani amalga oshirishni istasak, biz uchun qiymatga ega bo'lgan boshqa bir narsani
amalga oshirish imkoniyatidan voz kechishimizga to'g'ri keladi. Shu tufayli iqtisodchilar
hamma xarajatlarni muqobil qiymat
(?)
 deb tariflaydilar.
ELEMENT 1.2
Tovarlar tanqisligi tufayli biz ularni tanlashga majburmiz.


16
O'qish uchun:
Robert Frost. «Bosilmagan yo'l»
Ko'p xarajatlar pulda
(?)
 o'lchanadi, lekin ular ham muqobil qiymat hisoblanadi. Misol
uchun, biror narsani sotib olishga sarflagan pulingiz boshqa narsalarni xarid qilishga mavjud
emas. Xaridingizning muqobil qiymati siz shu xaridga pul sarflaganingiz tufayli voz
kechishingizga to'g'ri kelgan boshqa narsalarning siz uchun bo'lgan qiymatiga teng. Agar biror
ishni qilishda pul sarflashingiz kerak bo'lmasa, ushbu harakat xarajatsiz degani emas. Quyosh
botishining go'zalligini tomosha qilish uchun sayrga chiqqanda pul sarflash shart emas, biroq
sayrga chiqishning ham muqobil qiymati bor. Sayr qilish uchun ketgan vaqtni boshqa
yumushlarga: o'rtog'ingiznikiga borish yoki kitob o'qishga sarflash mumkin edi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling