James d. Gwartney
Yakuniy xulosalar va minnatdorchiliklar
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etilgan qoshimcha adabiyotlar Lugat Mualliflar togrisida Ilmiy maslahatchilar kengashi Ekspertlar guruhi
Yakuniy xulosalar va minnatdorchiliklar
Izohlar Elementlarda keltirilgan adabiyotlar 5 Rag'batning kuchi «Bosilmagan yo'l» Imkoniyatlar va xarajatlar Bozorlar va marjinalizm Ixtisoslashuv va boylik Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish Men — qalam va mening shajaram Ish o'rinlari yoki boylik yaratish Yaqqol va yashirin natijalar Yalpi ichki mahsulot — u nima va u qanday o'lchanadi? Xususiy mulk va muqobil qiymatlar Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi Yordamga iltijolarni tsenzura qilish Bozorlar va erkinlik Quyosh bilan adolatsiz raqobat Siznikimas xo'jayinlik qilishga Siyosat va tashqi savdo Energiya ishlab chiqarish va tejash Ijtimoiy hamkorlik va bozor Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish zarurati Tavsiya etilgan qo'shimcha adabiyotlar Lug'at Mualliflar to'g'risida Ilmiy maslahatchilar kengashi Ekspertlar guruhi Tarjimonlar jamoasi 6 So'zboshi Ushbu kitob mualliflari hayotingiz muvaffaqiyatli va mukammal bo'lishini istaydilar. Shuningdek, biz siz va har bir inson o'z salohiyatidan to'laqonli foydalanishga rag'batlantiradigan va imkoniyat beradigan muhitda yashashini istaymiz. Fikrimizcha, ushbu maqsadlarga erishish rahbarlardan ham, fuqarolardan ham iqtisodiyotning asosiy tamoyillarini tushunishlarini talab qiladi. Iqtisodiy qarorlar va iqtisodiy siyosat, ko'pincha biz buni to'liq anglamagan holda, kundalik hayotimizning deyarli barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadi. Siyosatchilar va saylovchilarning iqtisodiy savodsizlik darajasi bizni doimo hayratga soladi. Iqtisodiy savodsizlik barcha mamlakatlar uchun xatarli, lekin u, ayniqsa, rivojlanayotgan va post-kommunistik o'tish davri iqtisodiyotlarida keng tarqalgan va zararli hisoblanadi. «Mantiqiy Iqtisodiyot» loyihasining asosiy maqsadi kasbimizning asosiy tushunchalarini barcha uchun tushunarli bo'lishini ta'minlashdan iborat. Vaqt qimmatli bo'lganligini hisobga olib, biz ushbu nashrni yangi atamalarni o'rganish, formulalarni yodlash yoki faqat iqtisodchi mutaxassislar uchungina muhim bo'lgan murakkab tafsilotlarni tushunish kabi talablarni qisqartirgan holda tayyorladik. Aksincha, biz iqtisodiyotning haqiqatan ham muhim bo'lgan asosiy tushunchalariga e'tiborni qaratdik. Bu sizga to'g'ri qarorlar qabul qilishga, tobora murakkablashib borayotgan dunyoni tushunishga va yanada mazmunli hayot kechirishga yordam beradi. Iqtisodiy bilimingiz darajasidan qat'i nazar, ushbu kitob sizga muhim tushunchalarni taqdim etadi. Biz uni qisqa, puxta va o'qishga qulay qilishga harakat qildik. Kitobning nomi dalolat berganidek, biz iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, avvalambor, mantiqiy fikrlashni aks ettiradi deb hisoblaymiz. Kitob ushbu tamoyillarni qo'llab, ular haqiqiy dunyo voqealarini tushuntirishga qodirligini namoyish etadi. Bizning maqsadimiz sizga nima uchun ba'zi mamlakatlar gullab-yashnashi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchrashini tushuntirishdan iborat. Bunda siyosiy jarayonlar o'rganilib, davlat va bozor taqsimoti o'rtasidagi tafovutlar tadqiq etiladi. Bizning umumiy ahvolni ko'rsatish bo'yicha harakatlarimiz tufayli kitobni hatto iqtisodiyot va biznes sohalarining yuqori kurs talabalari ham foydali topishlari mumkin. Siz ushbu kasbga xos murakkab formulalarni, modellarni va matematik usullarni vaqtincha chetga surib, sizni birinchi navbatda 7 iqtisodiyotga jalb qilgan iqtisodiy tamoyillarga e'tiboringizni qaratishingiz mumkin. Kurs materiallari, ayniqsa iqtisodiyot bo'yicha o'qishni davom ettirmaydigan talabalar, shuningdek, atrof dunyo qanday ishlashi bilan tanishishni istagan keng jamoatchilik uchun mustahkam poydevor yaratishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan. Kitob o'rta maktab o'quvchilari, iqtisodiyotdan boshqa sohalarda (masalan, huquq yoki jurnalistika) o'quvchi talabalar va, ayniqsa, barcha fuqarolarni ko'zlab yozilgan. «Mantiqiy Iqtisodiyot» jamoasi ushbu materiallarni o'qituvchilar bilan baham ko'rishni istaganligi sababli biz ushbu materiallardan yanada unumli foydalanishni ta'minlash maqsadida o'qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini taklif qilishimiz mumkin. Ushbu tadbirlar to'g'risida ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, http://www.econfun.org veb-saytimizga tashrif buyuring. Berlin devori qulaganidan o'ttiz yil o'tib, ko'pchilik o'tish davrining sur'ati va yo'nalishini shubha ostiga olmoqda. Mintaqa aholisi «noliberal demokratiya» yoki «davlat kapitalizmi» kabi yolg'on va'dalarga berilmasliklari juda muhimdir. Ushbu mintaqaga siyosiy va iqtisodiy erkinliklar kelishi uchun ko'p odamlar o'z vaqtlarini, mavqelarini va hatto hayotlarini qurbon qildilar. Biz kitobni erkinlikning ushbu qahramonlariga bag'ishlaymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling