Jamiyat falsafasi


Individ va individuallik, inson va shaxs


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

Individ va individuallik, inson va shaxs. Individlik — bir narsa haqidagi tasawur bolsa, 
o‘z qiyofasi, dastxati, mezonlariga ega bolgan, qonunga, bir xillashtiruvchi me’yorga 
bo‘ysunmaydigan, alohida tahlilni taqozo etadigan narsa individual hisoblanadi. Individuallik 
g‘oyasi o‘ziga xoslik va o‘z nomiga egalik ruhi bilan sug‘oriladi. Individuallikning ro‘yobga 
chiqishi — yangi va betakror narsaning tug‘ilishi. Individuallikka u o‘z ish qobiliyatiga 


qaytaruvchi mavjudlik xos. Unda lozimlik andazasiga bo‘ysunish majburiyati yo‘q. «Men» o‘z-
o‘zi sifatida faoldir.
Insonning erkinlikka intilishi uning hozirgi talqinida o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan. 
Insonning evolyutsiya «kvanti» sifatidagi talqini taklif qilingan. Bu inson nafaqat o‘ta faol, balki 
ancha nomuayyan jonzot ekanligini anglatadi. Inson yashaydigan ma’naviy muhit kengayishi bilan 
uning qiyofasi o‘zgarib boradi. Inson, rus «sobor» falsafasi an’analarida qayd etilganidek, nafaqat 
shaxsiy, balki umuminsoniy hamdir. «Shaxs» tushunchasi inson o‘z harakatlari va hissiyotlarining 
mas’ul subyekti sifatida amal qilishi mumkinligini, u o‘zi idrok etayotgan narsalarni anglashi va 
o‘z tashabbuslarining ahamiyatini tushunishini anglatadi.
«Shaxs» tushunchasi odatda ikki xil ma’noda ta’riflanadi. Birinchi ma’noda, shaxs — inson 
individi munosabatlar va ongli faoliyat subyekti sifatida namoyon boladi. Bunga lotincha persona 
atamasi mos keladi. Ikkinchi ma’no, insonning ijtimoiy-psixologik qiyofasi ancha barqaror tarzda 
namoyon bolishini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda shaxs individni tavsiflovchi doimiy va muayyan ijtimoiy 
ahamiyatga molik jihatlar majmuyi sifatida amal qiladi, hamisha empirik insondan farq qiladi
Chunki u o‘z qilmishi va qarorlarida o‘zi qabul qilgan muayyan qadriyatlar tizimiga rioya etadi. 
Shaxs verbal jihatdan ham, obyektiv jihatdan ham moddiylashuvchi qadriyatlar tizimining 
tashuvchisidir. Shu bois shaxs o‘zini o‘zi «yaratishi», ya’ni ideal reja-moljalga muvofiq, o‘z 
hayotini yolga qo‘yishi va shart-sharoitlarni muayyan darajada o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin, deb 
hisoblanadi.
Shaxs doim o‘zini o‘zi namoyon etishga intiladi, u o‘zgarmas va taniqlidir. Shu ma’noda, 
shaxs tasodifiy tarzda namoyon bo‘luvchi sifatlar va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va 
uyg‘un jonzot, degan fikr o‘rinli.Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri — personalizm 
shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutuglni va uning asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs 
dunyoni o‘zlashtiruvchi o‘ziga xos betakror subyektivlikdir. U butun vujudi bilan barkamollikka 
intiladi va har tomonlama uyg‘un shaxslar jamiyatida yashashga haqlidir. Shaxs kechinmalari 
muqarrar tarzda u qabul qilgan qadriyatlar bilan belgilanadi. Individga esa hayot faoliyatining 
instinktiv omillari ko‘proq xosdir. M.Sheler individning bunday mayllari qatoriga ochlik, jinsiy 
mayl va hokimiyat instinktini kiritadi. Ammo faol inson hayotining har bir hodisasi vital va 
ma’naviy asoslar birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning 
hammaga o‘xshashligi uning muqarrar xossasidir. Bunda individning shaxssizlashuvi shu qadar 
kuchli bolishi mumkinki, u nom o'rniga tartib raqami yoki ko‘rsatish olmoshi bilan «u, bu, boshqa» 
deb atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy vazifa va funksiyalar individual 
xulq-atvorda yol qo‘yiladigan xatti-harakatlarni ancha qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qilingan 
andazadan har qanday tarzda chetga chiqish hollari bilan murosa qila olmasligini ochiq-oydin 
namoyish etadi. Raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish — 
ayirboshlash — iste’mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o'zi ham tovarga — yaxshi narxga 
pullash mumkin bolgan tashqi sifatlar majmuyiga aylanadi. Narx baland bolishi uchun esa qabul 
qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta’biri bilan aytganda, «chiroyli o‘ram»ga ega, 
xushchaqchaq, soglom, izzattalab va faol bolishi kerak. Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur 
futbolchilar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi 
futbolchilarning bir necha yuz million dollarga, boshqa futbolchilarning esa bir necha o‘n million 
dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablantirmaydi. Xullas, odamzod tarixida qachon 
«inson», «shaxs», «individuallik» tushunchalari paydo bolgani bahsli masaladir. Bu masalaning 
Sharq va G‘arbda o‘ziga xos talqinlari mavjud bolib, ular ko‘p hollarda insonga xos muayyan 
xususiyatni ustuvor deb bilish asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni hozirgi zamon nuqtayi 
nazaridan o‘rganish inson borligl masalasining tarixi uzoq ekanini, bugungi kunda ham uning 
falsafiy nazariyalar uchun qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling