2 -MAVZU: MIF VA UNING BADIIY TALQINLARI. AFSONA, RIVOYAT, NAQLLARNING JANR XUSUSIYATI Reja: 1.Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari 2.Mif (asotir) atamasining mohiyati, janrning o`ziga xos belgilari. 3.Afsona istilohi haqida tushuncha va janr tabiati. 4. Rivoyat janri tabiati, o`ziga xos xususiyatlari va turlari. 5.Rivoyat janri va afsonalarning bir-biridan farqi va o`xshashlik jihatlari 6. Naql atamasi haqida. Naql janrining tabiati, badiiyati, turlari. Tayanch tushunchalar: Mif, feodalizm, animizm va totemizm, afsona, rivoyat, mifologiya, naql, toponomik, sinkretik. Tavsiyaetiladiganadabiyotlar: 1.Jo‘rayevM. Folklorshunoslikasoslari. -Т.: “Fan”, 2009. 2.Jo'rayev M. Folklorshunoslikkakirish. O‘quvqo‘llanma. –T. 2008. 3. Safarov O. O‘zbekxalqog'zakiijodi. -Т.: “Musiqa” nashriyoti, 2010. 4.Madayev O. O‘zbekxalqog‘zakiijodi. -Т.: “Mumtozso‘z”, 2010 Eng qadimgi folklor miflarni, jangnoma tipidagi afsonalar va rivoyatlarni, ertak va naqllarni, qahramonlik eposlari, qo`shiq va maqollarni qamrab oladi. Eng qadimgi folklor miflarni, jangnoma tipidagi afsonalar va rivoyatlarni, ertak va naqllarni, qahramonlik eposlari, qo`shiq va maqollarni qamrab oladi. Eng qadimgi folklor asarlarining yaratilishida animistik va totemistik qarashlar, turli mifologik inonchlar muhim rol o`ynagan. Animizm Animizm - bu ibtidoiy insonning tabiat haqidagi qarashi, o`zini tabiatdagi narsalar: tabiat kuchlari va hodisalari, jonsiz predmetlar bilan aynan bir narsa deb hisoblashi, hamma narsalarni jonli deb bilishdan iborat tasavvurlari yig`indisidir. Animizm asosida jon va ruhning borligiga ishonch yotadi. Animistik tushuncha – tasavvurlarning qoldig`i “Yoriltosh”, “Qilich botir”, “Oqbilakxon” kabi ko`plab ertaklar tarkibida saqlanib qolgan. Chunonchi, “Yoriltosh”da toshning inson murojaatiga quloq tutib yorilishi mo`jizasi, “Qilich botir”da qahramonning joni tanasida emas, balki unga tegishli predmetda saqlanishi, “Oqbilakxon” ertagida esa yigitning toshga aylanib qolishi kabi motivlar bevosita animistik tushunchalar qoldig`idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |