Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


M.Jo`rayev o`zbek folklorshunosligida xalq nasri janrlarini quyidagi guruhlarga bo’ladi


Download 136.63 Kb.
bet3/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

M.Jo`rayev o`zbek folklorshunosligida xalq nasri janrlarini quyidagi guruhlarga bo’ladi:

  • a) badiiy nasr janrlari (ertak, latifa, naql, qissa va lof)
  • b) ma’rifiy nasr janrlari (mif, afsona, rivoyat, demonologik hikoya, og`zaki hikoya) kabi ikki katta guruhga ajratadi.

Mif (Asotir)

  • Mif (Asotir) – xalq og`zaki poetik ijodining ilk mahsulidir. U eng qadimgi davr folklorida ibtidoiy tasavvurlar asosida yaratilgan.
  • Mif-grekcha “mythos – so`z, rivoyat” so`zidan olingan bo`lib, qadimgi odamning borliq, olam jumboqlari, tabiat va koinot sirlarini bilishga intilishi, bu boradagi ilk tasavvurlari va xulosalari, xudolar, pahlavonlar haqidagi qarashlari asosida paydo bo`lgan.
  • Mif – ongsiz badiiy to`qima mahsuli. Unda fantastika, xayoliy uydirma yetakchilik qiladi. Ibtidoiy inson mifdagi voqelikni inkor etib bo`lmas haqiqat sifatida qabul qilgan. Mifning tabiati haqida M.I.Steblin – Kamenskiy: “Mif – bu voqelik bo`lib, u qanchalik haqiqatga zid bo`lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyda ayni haqiqat deb qabul qilindi”, - deb yozgan edi.
  • Miflarni o`rganuvchi fan sohasi mifologiya deb yuritiladi. Mifologiya fani ibtidoiy insonning tabiatni bilishga intilishining natijasi sifatida vujudga kelgan.

Dunyo folklorshunosligidagi naturmifologik yoki naturalistik nazariya tarafdorlari mifni tabiat hodisalari haqidagi qadimgi tasavvurlar majmui deb tushunadilar. Ularning fikricha, qadimgi odamning tabiat haqidagi ibtidoiy e’tiqodiy ishonchlari dastlabki mifologik tasavvurlar tizimining asosini tashkil etadi.

  • Dunyo folklorshunosligidagi naturmifologik yoki naturalistik nazariya tarafdorlari mifni tabiat hodisalari haqidagi qadimgi tasavvurlar majmui deb tushunadilar. Ularning fikricha, qadimgi odamning tabiat haqidagi ibtidoiy e’tiqodiy ishonchlari dastlabki mifologik tasavvurlar tizimining asosini tashkil etadi.
  • Antropologik nazariya tarafdorlari E.Teylor, G.Spenser, E.Long va boshqalarning fikricha, miflar animistik ishonchlar zaminida shakllangan.
  • J.Frezer esa mifologik tasavvurlarning asosini animistik tasavvurlar emas, magiya tashkil etadi, deb hisoblaydi.
  • S.G.Xuk, D.Xarrison, G.Merri kabi olimlarning fikricha, qadimgi miflar ibtidoiy rituallar, ya’ni marosimlarning so`z vositasida ifodalangan shaklidir.
  • L.Levi-Bryul mifning qadimgi diniy e’tiqodlar bilan mushtarakligini aniqlagan.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling