Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


Download 136.63 Kb.
bet6/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

“Avesto”da tasvirlangan xudolar, pahlavonlar to`g`risidagi afsona va miflarning o`zbek folklorida ham talay variantlari mavjud. “Odami Od” mifi Shu jihatdan xarakterlidir. Unda kishilarning inson beqiyos kuch-qudratga ega bo`lishi haqidagi orzu-umidlari o`z ifodasini topgan. Mifda pahlavon – titan ko`rinishidagi mifologik obrazning xalq manfaati yo`lida xizmat qilishi qayd etilgan.

  • “Avesto”da tasvirlangan xudolar, pahlavonlar to`g`risidagi afsona va miflarning o`zbek folklorida ham talay variantlari mavjud. “Odami Od” mifi Shu jihatdan xarakterlidir. Unda kishilarning inson beqiyos kuch-qudratga ega bo`lishi haqidagi orzu-umidlari o`z ifodasini topgan. Mifda pahlavon – titan ko`rinishidagi mifologik obrazning xalq manfaati yo`lida xizmat qilishi qayd etilgan.
  • Mifda hikoya etilishicha, Odami Od bo`yi bulutga yetadigan duradgor usta bo`lgan. Odami Od-dunyodagi eng birinchi odam sifatida talqin etiladi. Od so`zi fors-tojikchada ulkan odam ma’nosini bildiradi. U baland bo`yli, kuchli bo`lgani uchun daryo-dengizlardan baliq tutib, uni quyosh taftida pishirib yeb ketaverar ekan. Birgina nonushtaning o`ziga bir hovuz suvga non to`g`rab yer ekan.
  • “Er hubbi” mifi xarakteri va vazifasi jihatidan bu mifga o`xshashdir. U, asosan, Xorazm va Farg`onada keng tarqalgan. Er hubbi- yigit qiyofasidagi suv muakkili, marhamatli qahramon. Buxoroda Xo`ja Xubbon qudug`i, Shohimardonda ko`li Xubon, Xorazmda Xubbiniyoz ko`li nomi Shu qadimiy mifik obraz bilan bog`liq.
  • Xullas, miflarning syujeti oddiy va ravon bo`ladi. Ularda ibtidoiy tasavvur-tushunchalar hukmronlik qiladi. Mifologik obrazlar talqinida, mazmunida ijtimoiy ziddiyat sezilmaydi. Biroq ularda qadimiy hayot tajribalari saqlangandir.

Afsona

  • “Afsona” atamasi forscha “afsun –sehr-jodu” ma’nosini anglatuvchi so`zdan olingan bo`lib, fantastika-uydirma asosida yaratilgan nasriy hikoyalarga nisbatan qo`llanadi. O`tmishda bu atamaning o`rnida «cow» – sov so`zi ishlatilgan. M.Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» kitobida izohlanishicha, sov atamasi otalar so`zi (maqol), qadimgi biror voqeani aytib beruvchi hikoya, risola, xat, kitobcha, so`z va nutq kabi ko`r ma`nolarni anglatganki, shulardan o`tmish voqealaridan xabar beruvchi hikoya, qissa tushunchalari qay darajadadir afsona hodisasini ham ifodalab kelgan.
  • Aristotel afsonalarni «haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir» deb ko`rsatadi.
  • Afsona – o`zbek xalq og`zaki ijodining eng qadimgi, an’anaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror ma’lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og`zaki nasriy asarlar afsona deyiladi.
  • Afsonada hayotiy voqelikning tasviri epik talqinga bo`ysundiriladi. Yetakchi motivlar tarkibi esa an’anaviy epik detallarga boyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ko`pincha u ertakka o`xshab ketadi. Biroq ular ertaklar kabi qat`iy kompozisiyaga ega emasligi bilan farq qiladi.
  • MаhmudQoshg`аriy. Dеvоnu lug`оtit turk. 3-tоm. –T., 1963, 168-bеt.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling