Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


O`zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo`nalishiga ko`ra uch turga bo`linadi


Download 136.63 Kb.
bet8/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

O`zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo`nalishiga ko`ra uch turga bo`linadi:

  • O`zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo`nalishiga ko`ra uch turga bo`linadi:
  • 1.Geneologik afsonalar. Bularda urug`–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi.
  • 2. Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalar. Ularda o`tmishda yashab o`tgan dono kishilarning sarguzashtlari, mo``jizakor ishlari, ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo`rg`onlarning barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal`asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi afsonalar misol bo`la oladi.
  • 3. Kasb-hunarlar haqidagi afsonalar. Bularda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi, ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo`yoqchilik kasbining kelib chiqishi hazrati Ayyub, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg`ambar nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi.
  • Xullas, afsonalarda epik ruh hukmronlik qiladi.Ular axborot berish vazifasi bilan bir qatorda estetik vazifani ham ado etadi.

RIVOYAT VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  • Rivoyatlar – xalq og‘zaki ijodidagi mustaqil, keng ommalashgan epik janrlardan biri. Ular, asosan, informativ vazifani ado etadi. Ya’ni, u yoki bu voqea haqida xabar beradi va uni tasdiqlaydi. Kichik hajmli epik nasr namunasi bo`lgan rivoyatlarda voqelikni bayon qilish usuli retrospektivlikka asoslanadi. Retrospektivlik rivoyat janrining yetakchi xossalaridan biridir. Chunki rivoyatlarda tasvirlanayotgan voqelikning zamonaviy yo`nalishi – o`tmishga qaratiladi.
  • Shu sababli rivoyatlar syujetida ko`pincha voqelikning o`tgan zamonda bo`lib o`tganligiga ishora qiluvchi «Qachonlardir», «Qadim zamonda», rivoyat qilishlaricha», «bobolarimizning aytishicha», «Qadimgi rivoyatlarga ko`ra» kabi an’anaviy formulalar uchraydi. rivoyatlarda tasvirlangan voqealar tarixan aniq vaqt doirasida kechadi.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling