- Tarixiy rivoyatlarda haqiqatda hayotda bo`lib o`tgan voqealar, yashab o`tgan shaxslar to`g`risida so`z yuritiladi. Atoqli va mashhur shaxslarning hayoti va faoliyatini hikoya qilish orqali axloq va odobning ideal normalari tashviq etiladi. Jumladan, To`maris, Shiroq kabi vatanparvarlar shaxslarning hayoti misol bo’ladi.
- “To`maris” Gerodotning “Tarix” asari orqali bizgacha yetib kelgan bo`lib, unda massaget qabilasining oqila va jasoratli hukmdori To`maris ismli ayolning o`z elini hiylakor bosqinchi Eron shohi Kir hujumidan omon saqlab qolganligi haqida hikoya qilinadi.
- To`maris beva ayolligi uchun Kir unga uylanish bahonasida sovchi yuborib, Shu yo`l bilan massagetlar yerini osongina o`z tasarrufiga o`tkazmoqchi bo`ladi. Biroq Kirning bu yovuz rejasini To`maris ilg`ab, uni ochiqdan-ochiq kurashga chorlaydi. Kir Krezning maslahati bilan hiyla ishlatib, To`marisning o`g`li Sparganiz boshchiligidagi massagetlarning bir guruhini qo`lga oladi. Sparganiz o`z ahvolidan orlanib, joniga qasd qiladi. Shundan so`ng ikki o`rtada qattiq jang bo`lib o`tadi. Kir bu jangda sharmandalarcha yengilib, halok bo`ladi. Jang tugagach, To`maris uning jasadini murdalar orasidan toptirib, boshini olib uni qon to`ldirilgan meshga tashlaydi va “Men seni qonga to`ydiraman deb bergan va’damning ustidan chiqdim”,– deydi.
“Shiroq” - “Shiroq” Polienning “Harbiy hiylalar” asari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu rivoyatda shak qabilasining cho`poni, oddiy otboqar va dostonchi chol Shiroqning o`z qabilasi osoyishtaligini o`ylab o`limga tik borishi, el-yurti uchun fido-yiligi haqida hikoya qilingan.
- Shiroq o`z quloq-burnini kesib, go`yo qabiladoshlaridan norozi bo`lgan qiyofada dushman lashkarboshisi oldiga boradi. Uning ayanchli ko`rinishi esa dushman lashkarboshisida ishonch uyg`otadi. Shiroq dushman lashkarini ergashtirib chor atrofi suvsiz dasht-biyobonga olib boradi va ularni aldab, yolg`iz bir o`zi butun boshli dushman qo`shinini yengganligini e’lon qiladi. g`azablangan lashkarboshi Ranosbat uni chopib, qiymalab tashlaydi. Shunday qilib, Shiroqning donishmandlarcha o`ylab topgan tadbiri, hiylasi tufayli uning qabiladoshlari dushman hujumidan omon qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |