Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


Download 136.63 Kb.
bet2/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

Totemizm

Totemizm – odamning biror hayvon yoki o`simlik turi bilan o`zini qondosh deb bilishdan iborat ishonch-e’tiqodi tizimidir. Totem – u yoki urug`ning e’tiqod qo`ygan himoyachisi hisoblanadi.

Turkiy xalqlar, jumladan, qadimgi ajdodlarimiz ot, ho`kiz, ilon, bo`ri, it kabi hayvonlarga, ayrim qushlarga va parrandalarga e’tiqod qo`yganlar. Shular orasida ot va bo`rini totem hayvon sifatida alohida e’zozlashgan. Totemlar bilan bog`liq bir qancha geneologik afsonalar ham mavjud. Ularda u yoki bu urug` – qabilaning kelib chiqishi ko`pincha ona bo`ri obraziga bog`lab talqin etiladi. Bo`ri totemiga aloqador ertaklar ham anchagina: “Cho`loq bo`ri”, “Bo`ri qiz” kabi ertaklar shular jumlasidandir.

Fetishizm

Fetishizm – fransuzcha “fetiche” so`zidan olingan bo`lib, ibtidoiy ajdodlarimizning qadimiy e’tiqodiga ko`ra, narsalarga irim qilib sig`inish yoki ularga magik kuchga ega deb qarash asosida sig`inishni anglatadi. Xalq ertaklarida uchrovchi oyna, qilich, igna, marjon, tosh, taroq va boshqa shu xildagi predmetlar magik kuchi tufayli qahramonlarga yordamchi vositaga aylangan.

OT KULTI HAQIDA

  • Qadimgi ajdodlarimiz o`z turmush-tirikchiligida otdan keng foydalanganlar. Ot ularga ham oziq, ham uzoqni yaqin qiluvchi ulov, ham chorvani boqishda ko`makdosh ish hayvoni sifatida xizmat ko`rsatgan. hatto otning yolidan turli kasalliklarni davolashda foydalanilgan. Ot kalla suyagi yovuz ruhlardan himoya qiluvchi vosita hisoblangan. Otdan shunchalik katta naf ko`rgan qadimgi odam uni kult darajasida ilohiylashtirib, e’tiqod timsoliga aylantirgan. Tabiiyki, bunga otning jozibadorligi ham ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan.
  • Ot kultiga aloqador qarashlar natijasida folklor asarlarida otning epik badiiy timsoli paydo bo`lgan. Jumladan, o`zbek xalq dostonlaridagi G`irot, G`irko`k, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko`k kabi epik ot obrazlari bunga yorqin dalil bo`la oladi.

Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so`ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan.

  • Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so`ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan.
  • Og`zaki nasrning ilk namunalarida qadimiy urf-odat va marosimlarning bayoni, real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy formada ifodalangan. Real voqea-hodisalarning badiiy talqini esa nasriy og`zaki asarlar tarkibidagi epik motivlarni yuzaga keltirgan.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling