Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari

Download 136.63 Kb.
bet4/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

Mif yaxlit janr sifatida og`zaki ijodga mansub nasriy asarlar tizimida to`liq holda saqlanib qolmagan. Faqat epos, ertak, afsona, qo`shiq, topishmoq, marosim folklori, irim-sirimlar va turli ishonchlar bilan bog`liq aytimlar tarkibida ayrim mifologik syujet elementlari uchraydi, xolos. Ana shu mif qoldiqlarini, mifologemalarni o`rganish uchun muhim zamin vazifasini o`taydi.

B.Sarimsoqov o`zbek mifologiyasi taraqqiyotini uch bosqichga – arxaik, mumtoz va o`rta asrlarga xos miflarga bo`linadi, deb hisoblaydi.

B.Sarimsoqov o`zbek mifologiyasi taraqqiyotini uch bosqichga – arxaik, mumtoz va o`rta asrlarga xos miflarga bo`linadi, deb hisoblaydi.

Uning ko`rsatishicha, arxaik miflarda xaos bilan kosmos o`rtasidagi kurash keng miqyosda aks etadi va ko`proq animistik, totemistik tasavvurlar bu kurashda hal qiluvchi rol o`ynaydi. Shuningdek, ularda yana hech qanday diniy qarashlar unsuri uchramaydi. Mumtoz miflarda esa xaos bilan kosmos kurashining miqyosi biroz toraygan bo`ladi. Politeistik diniy qarashlar (ko`p xudolilik tasavvuri) ustunlik qiladi. Zardushtiylik davri mifologiyasi bunga misol bo`ladi. O`rta asrlar miflarining semantik asosini monoteistik diniy qarashlar tashkil etadi.

Qadimgi turkiy miflarni olamning yaratilishi va tuzilishi, samoviy halokat yoki olamning intihosi, tangri va ilohiy kuchlar, hoqonlarning tug`ilishi va afsonaviy hukmdorlar to`g`risidagi, turkiy qabilalarning kelib chiqishi, ilk ajdodlar haqidagi miflar turkumi tashkil etadi.

  • Qadimgi turkiy miflarni olamning yaratilishi va tuzilishi, samoviy halokat yoki olamning intihosi, tangri va ilohiy kuchlar, hoqonlarning tug`ilishi va afsonaviy hukmdorlar to`g`risidagi, turkiy qabilalarning kelib chiqishi, ilk ajdodlar haqidagi miflar turkumi tashkil etadi.
  • Mumtoz miflar tarkibiga ezgulik va yovuzlik kuchlari o`rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o`zida aks ettirgan
  • dualistik miflar,
  • kult miflari (suv, olov, osmon jismlari, o`simliklar, jonivorlar, hosildorlik kultlari bilan aloqador tasavvurlar asosida shakllangan),
  • o`lib-qayta tiriluvchi qahramonlar (Siyovush bilan bog`liq) haqidagi miflar;
  • samoviy (oy, quyosh, yulduzlarning paydo bo`lishi, tabiiy hodisalar haqidagi) miflar;
  • taqvimiy miflar, ya’ni -yilboshi Navro`z bilan bog`liq udumlar, vaqt hisobi omillari haqidagi asotiriy ishonchlar;
  • antropogenik miflar yoki odamzotning yaratilishi (Kayumars, Gavomard, Jamshid) to`g`risidagi miflar kiradi.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling