Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


Download 136.63 Kb.
bet5/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

Aksariyat mifologik obrazlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, shuningdek, “O`g`uznoma” va “Kitobi dada Qo`rqut” orqali bizgacha yetib kelgan. “Avesto”da ikki yaratuvchi kuch – yaxshilik-Axuramazda, yomonlik esa-Axriman qiyofasida namoyon bo`ladi. Ularning o`zaro kurashidan tabiat va jamiyatdagi hodisalarning barchasi kelib chiqadi deb ko`rsatiladi.

  • Aksariyat mifologik obrazlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, shuningdek, “O`g`uznoma” va “Kitobi dada Qo`rqut” orqali bizgacha yetib kelgan. “Avesto”da ikki yaratuvchi kuch – yaxshilik-Axuramazda, yomonlik esa-Axriman qiyofasida namoyon bo`ladi. Ularning o`zaro kurashidan tabiat va jamiyatdagi hodisalarning barchasi kelib chiqadi deb ko`rsatiladi.
  • Axuramazda – yaxshilik xudosi. Unga qarashli narsalar insonlarning baxtu saodati uchun xizmat qiladi. Angra Man’yu (Axriman) esa – yovuzlik xudosi. U o`ziga qarashli devlari bilan odamlarga azob-uqubat, mashaqqat, kulfat keltiradi.
  • “Avesto”da yana Mitra –quyosh va yorug`lik xudosi, Nohit – obodonlik va farovonlik xudosi, humo – baxt va davlat xudosi, Anaxita va hubbi – suv xudosi, Mirrix –urush va g`alaba xudosi sifatida talqin etilgan. Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp odamlarga ezgulik baxsh etuvchi mifologik obrazlar sifatida ko`rsatilgan. Yomonlik kuchlari ajdar, dev, jin, yalmog`iz kabi mifologik obrazlar orqali tasvirlangan.

“AVESTO”da uchraydigan mif qahramonlari

  • “Avesto”dagi xudolar yo ayol, yo erkak qiyofasida talqin etilgan. Masalan, suv xudosi Ardvisura-Anaxita xushqomat, kamarini beliga mahkam bog`lagan zabardast, to`g`ri so`z, marhamatli go`zal qiz qiyofasida namoyon bo`ladi. U odamlar uchun suvning mo`l bo`lishini ta’minlab turadi. Turli qiyinchiliklarni yengishda kishilarga homiylik ko`rsatadi.
  • O`zbeklar o`rtasida Anaxita nomi Anbar momo shaklida saqlanib qolgan va unga suv hamda hosildorlik homiysi deb qaraladi.
  • Xalqimiz orasida keng tarqalgan miflardan yana bir turkumi – Kayumars va Jamshid haqidagi miflardir. Ularning turli variantlari “Avesto”da, “Tarixi Tabariy”da, Beruniyning “O`tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, Firdavsiyning “Shohnoma” asarlarida va boshqa qadimiy yozma manbalarda uchraydi.
  • Kayumars nomi “Avesto”da Gaya Martan yoki Gaya Moretan deb yuritilgan. “G`iyosul-lug`at”da esa Gavomard (inson-buqa) deb ko`rsatilgan. Afsonalarga ko`ra, u Amudaryo bo`ylarida yashagan. Bo`yi daryoning u betida yotgan. Kayumars – yerda paydo bo`lgan birinchi odam sifatida talqin etiladi. U ezgulikning yovuzlik ustidan g`alabasi haqidagi ibtidoiy qarashning obrazli ifodasidir.
  • Jamshid haqidagi miflar O`rta Osiyo va Eron xalqlari orasida keng tarqalgan. U najotkor qahramon, yaxshilikning ramziy obrazi. “Avesto”da u adolatli podsho sifatida talqin etilgan. Jamshid haqida xalq orasida «Qissai Jamshid” kitobining og`zaki va qo`lyozma variantlari keng tarqalgan.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling