Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


Afsona kompozitsiyasi ertaklarniki kabi an’anaviylikka, qat`iylikka ega emas. Uning syujet tuzilishi sodda va qisqa. Afsonalar voqelikni g`ayritabiiy, fantastik tasvirlashi jihatidangina ertaklarga o`


Download 136.63 Kb.
bet7/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

Afsona kompozitsiyasi ertaklarniki kabi an’anaviylikka, qat`iylikka ega emas. Uning syujet tuzilishi sodda va qisqa. Afsonalar voqelikni g`ayritabiiy, fantastik tasvirlashi jihatidangina ertaklarga o`xshab ketadi, xolos.

  • Afsona kompozitsiyasi ertaklarniki kabi an’anaviylikka, qat`iylikka ega emas. Uning syujet tuzilishi sodda va qisqa. Afsonalar voqelikni g`ayritabiiy, fantastik tasvirlashi jihatidangina ertaklarga o`xshab ketadi, xolos.
  • Afsona syujetini turli mifologik, diniy hodisalar, geografik joylar nomi, tabiat hodisalari, ayrim tarixiy shaxs va voqealarga aloqador g`aroyib talqinlar tashkil etadi. Shunga ko`ra afsonalarning mazmun-mundarijasi rang-baranglik kasb etadi. Deyarli barcha afsonalarning syujeti bir yoki ikki epizoddan iborat bo`ladi. Syujet voqealari ko`pincha tugundan boshlanadi. Voqealar talqinida va tasvirida fantastika ustivorlik qiladi.
  • Afsonalarning asosiy personajlar tarkibi tarixiy shaxslar, xayoliy va mifik obrazlardan iborat.
  • Afsonalarni g`oyaviy-mavzuviy yo`nalishi jihatidan shartli ravishda ikki guruhga bo`lib o`rganish mumkin:
  • 1.Sof mifologik afsonalar.
  • 2. Tarixiy afsonalar.

  • Mifologik afsonalarda, asosan, yer va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g`ayritabiiy ishlari, insonlarga ko`magi, mifologik pahlavonlar, yer yuzida odamning paydo bo`lishi hakida hikoya qilinadi. Ulardagi ayrim epizodlarda islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e’tiqodlari namoyon bo`ladi.
  • Mifologik afsonalarning tuzilishi juda sodda bo`ladi. Ularda voqelik oddiy bayon qilinadi. Uning konflikti yechimida fantastikaning hal qiluvchi rol o`ynashi- asosiy belgisidir.
  • Mifologik afsonalar miflar bilan genetik aloqadordir. Aniqrog`i, ularning aksariyati miflar asosida yuzaga kelgan. Sababi – ibtidoiy davrda mifologik qahramonlar muqaddas sanalgan va xalqning ma’naviy madadkoriga, ruhiy homiysiga aylangan. Bora-bora bu tasavvurlar unutilib, u haqdagi hikoyalar afsonalarda oddiy diniy hikoya qobig`ida saqlanib qolgan. Jumladan, Xizr nomi bilan bog`liq hikoyalar bunga misol bo`ladi. Xizr – mifologik obraz. U ba’zan cho`l piri, ba’zan hosildorlik homiysi sifatida talqin etiladi. Afsonalarda u obi hayot ichganligi uchun mangu barhayot, sehr-joduga ega, o`tda yonmas, zarb o`tmas qilib tasvirlanadi. U yana turli shakllarga evrila oladi: goh odam, goh jonivor, goh buyum ko`rinishida paydo bo`lib, odamlarga ko`mak beradi, yovuzlarga qarshi chiqib, ezgulikning g`alabasini ta’minlaydi.
  • Tarixiy afsonalar ma’lum bir tarixiy dalil yoki ma’lumot, tarixiy shaxs faoliyati haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan, tarkibida real tarixiy shaxslar bilan bir qatorda xayoliy va mifik obrazlar ham ishtirok etadigan og`zaki nasriy asarlardir. Ularning syujetini tashkil etuvchi voqealar bayonida reallik bilan badiiy to`qima o`zaro qorishib ketadi. Bunday afsonalarda real hayotda yashab o`tgan kishilar haqida hikoya qilinsa-da, tarixiy shaxsning haqiqiy biografiyasi emas, to`qima biografiyasi beriladi. Ularda hayot haqiqati fantastik tasvir qobig`iga o`rab ifoda etiladi.
  • Tarixiy afsonalar muayyan tarixiy dalil va ma’lumotni asoslash, izohlash, xalqqa tushuntirish uchun xizmat qiladi.
  • Tarixiy afsonalarda real toponimlar bilan birga xayoliy –mifologik makon ham tilga olinadi. Unga ko`ra qahramon yer osti yoki suv osti mamlakatlariga, afsonaviy tog`lar o`lkasiga safar qiladi.
  • Shuningdek, tarixiy afsonalarda dev, pari, ajdar, chilton, yuho, ya’juj-ma’juj kabi bir qattor xayoliy va mifologik personajlar mavjud bo`lib, ular aniq obrazlar bilan muomala-munosabatda tasvirlanadi. Mifologik obrazlar afsona syujetida bajaradigan vazifasiga qarab ikki tipga bo`linadi:
  • a) asosiy qahramonga homiylik qiluvchi, yordam beruvchi mifologik personajlar;
  • b) asosiy qahramonga raqib sifatida harakat qiluvchi mifologik personajlar.
  • Tarixiy afsonalarga xos bu belgilar epik tafakkurning tadrijiy taraqqiyot tizimida uning mifologik afsonalardan keyingi stadial bosqichda shakllanganligini ko`rsatadi.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling