Jamiyat falsafasi
Oila tarqalishi ham mumkin
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 8 mavzu
Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri - oilaning axloqiylik nuqtai
nazaridan tarqalishi.. Bunda bolalar balog‘atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bo‘lishlari - o‘g‘il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan o‘g‘illarga ham, erga berilgan qizlarga ham yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun etarli bo‘lgan uy-ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi. Shuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota-onaning yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan 6 Bayron. Don Juan. M., Foreign language publishing house, 1984. P. 124. 7 Шиммел А. Жоним менинг жонимда, 44 – 45-б. idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o‘sha jamiyatning axloqiy jihatdan takomillashib borayotganini anglatadi. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiyaning ko‘pdan ko‘p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa. «Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat d‘zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo‘lsa-da, o‘rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bolmaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o‘tmishga ega. G‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g‘oyalariga tayanadilar, ko‘plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G‘arbda qadriyatlar bilan shug‘ullanadigan falsafiy soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos boladi. Biz Suqrot va Aflotun, Aristotel va Gegellar katta e’tibor bergan bu mavzuning G‘arb falsafasida o‘z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko‘hna va navqiron Sharq, xususan O‘zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G‘arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli bolmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug'bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarming tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi asarlarda, Alpomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko'plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma’naviy merosimizning yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan. Qadrlash to‘g‘risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Qur’on va Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko‘pgina milliy qadriyatlarimizning yo‘qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to‘g‘rida Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash me’yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda nomlari saqlangan allomalarimiz o‘z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida ham aytish joiz. Ularning har biri o‘z zamonasida islomni sivilizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko‘tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo‘lishida muhim faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o‘tish jarayoniga ko‘rsatgan nihoyatd katta ta’siri to‘g‘risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar yetarli bo'lishiga qaramasdan, yurtimiz sivilizatsiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga ta’siri to‘g‘risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu to‘g‘rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon yetilgan. Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, al-Farg‘oniy, Ulug'bek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko‘zgusida yanada yaqqolroq namoyon boladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivilizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo‘shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta’sirining butun olamga yoyilishida xizmat qilganlar. Afsuski, dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq ittifoqda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o‘tgan asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bolsa-da, 90- yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o‘z o‘rniga ega bolmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o‘quv qollanma chop etilmagan, hatto universitetlaming faylasuf, jamiyatshunos, tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bolimlarida ham bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi. «Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi. Qadriyatlar to‘g‘risida G‘arbda keng tarqalgan «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko‘pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. 164 Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat qaratish lozim. U muayyan qadriyatning, ya’ni biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr» tushunchasi o‘zbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba’zi ibora va so‘zlarda o‘ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o‘zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash, avvalo, qadrning ma’nosini bilish orqali boradi. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri va ahamiyati namoyon boladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi. Qadriyatlar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-falsafiy manbalarning ko‘pchiligida qadriyatni «baho» tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va kolamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Masalan, yurtni yov bosganda — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida — sihat- salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo‘q. Ularni moddiy va ma’naviy, umumbashariy va umuminsoniy turlarga bolish mumkin. Bu shakllar ham ularga mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o'zaro uyg‘unlikda, qonuniy boglanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon boladi. Bunday hollardagi tahlil jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bolak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qol keladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling