OILAVIY MUHIT.
Oilaning mustahkam bo‘lishi, oila a’zolarining axloqiylik darajasi undagi
muxitga bog‘lik. Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaki, baxtliligi ta’minlangan
bo‘ladi. Sog‘lom muhit deganda biz faqat oiladagi insonpravarlik, vatanparvarlik, ziyolilik,
halollik, rostgo‘ylik kabi tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning eskicha
an’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil
turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq.
Oilaning yana bir jihati - uning o‘z mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko‘rinishi
bo‘lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko‘rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo‘lishi uchun
ishlab topiladigan mablag‘ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag‘, shubhasiz axloqiy
tabiatga ega: oila boshlig‘i oila a’zolarini halol edirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda
erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni
taqsimlash huquqiga ham ega.
Yuqorida aytganimizdek, nikoh ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot
qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu
birlashuvdan maqsad - hayotda o‘zlaridan yaxshiroq, mukammalroq bo‘lgan, o‘zlari
erisholmagan orzularni ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. Bunday odamlar
farzandlardir. «Ba’zi so‘fiy-teosofik oqimlarning tarafdorlarida mahsulot beradigan har bir xatti-
harakatni «nikoh» deb atashga moyillik bor. Ularning fikricha, po‘lat bilan chaqmoqtosh birlashsa,
bu nikohdan yanada etukroq farzand, ya’ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik unsurlarining
birlashuvi hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir».
7
Shu bois oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o‘z jufti halolini, ona esa
sevimli erini ko‘radi: bolada er-xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola - oilani tutib
turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga eb-ichadilar, tarbiya
oladilar.
Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota-onaga bo‘ysunishlari lozim. Lekin bu intizom
erkin o‘sib kelayotgan go‘dakni qullikka o‘rgatish emas, balki bolalarga xos erka-tantiqlik,
o‘zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga
bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda qo‘pol, badxulq, nokamtarin bo‘lib
etishuviga olib keladi. SHu bois oila ilk axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |