Jamiyat falsafasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 8 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Aksiologiya»
Tayanch tushunchalar: qadriyat, aksiologiya, qadr, qadrsizlik, oila, nikoh, Qadriyatlar nazariyasi falsafiy bilimlarning ilmiy tizimi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida Vilgelm Vindelband, Rudolf Lotse, German Kogen, Genrix Rikkert kabi nemis faylasuflarining asarlarida shakllana boshladi. Ayni Shu davrda R. Lotse va G.Kogen ob’ekt ma’nosidagi qadriyat tushunchasiga ilk bor falsafiy ta’rif berdi. Qadriyatlar to‘g‘risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot ma’nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o‘rganadigan va u bilan shug‘ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to‘g‘rida nihoyatda kam ma’lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarimiz shitob bilan o‘zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug‘langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o‘tgan o‘n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O‘zbekistonda qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar haqidagi fan). XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» atamasini muomalaga kiritdi. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling