Jamiyat falsafasi
Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 8 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs
- Odam shaxs bo‘lishi
Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm insonning ijtimoiy
xususiyatlariga, psixologizm esa, ma’naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi. ODAM – odam fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan va Shular tufayli boshqa barcha mavjudotu maxluqotdan ustun turuvchi oliy zotdir. Odam fikrining sog‘lomligi eng avvalo, inson tafakkurining mantiqiyligini ta’minlovchi xususiyatlar – aniqlik, muayyanlik izchillik, ziddiyatsizlik, asosli bo‘lishligiga bog‘liq. ODAM – (arab. – po‘st, yuza qismi) fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan va Shular tufayli boshqa barcha mavjudotu maxluqotdan ustun turuvchi jonzot. Diniy aqidaga ko‘ra, Odam (ilk inson)ni Alloh taolo tuproqdan, erni yuza qismidan yoki po‘stidan go‘zal va mukammal qilib yaratgani, Azozilga unni ulug‘lab, ta’zim qilishni buyuribdi. Azozil esa: “Men nurdan yaralgan bo‘lsam, bu esa tuproqdan yaratilgan bo‘lsa-yu, nega men unga ta’zim qilar ekanman”, deb takabburlikka berilib, Allohning amrini bajarishdan bo‘yin tovlabdi. Shunda Alloh takabburligi uchun Azozilni Shaytoni la’in deya la’natlab, jannatdan quvib yuborishga amr etibdi. Lekin Shayton shaytonlik qilib, Allohga yolvorib so‘rabdi: “Mening makonim, maskanim Odamning qon tomirida bo‘lsa...” Allohning dargohi keng emasmi, Shaytonning bu iltimosini qabul etibdi. Odamzodning ba’zan shayton vasvasalariga berilib qolish hollari mana shundandir. Odamzodning Er yuzidagi insoniy vazifasi yaxshilik qilishdir. Uning ijtimoiy mohiyati ana shunda. Besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, odamlar ham har xil bo‘ladi. “Odam borki, odamlarning naqshidur, Odam borki, hayvon undan yaxshidur” - degan xalq hikmati bejiz aytilmagan. Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Shaxs – muayan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror bir turi bilan shug‘ullanadigan ongli individ ongli faoliyat – oliy psixik funksiyalardan biri obnubilyasiya – (lotincha «nubes» ma’nosi bulut) ongning engil darajasida buzilishi Somnolensiya (lotincha uyquchanlik) mudroqqa o‘xshash uyquchanlik holati koma – es-hushning batamom yo‘qolib qolishi Shaxs o‘zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo‘lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo‘ladi. Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy g‘oya, milliy mafkura kabi omillar ta’sirida yashaydi, ularni o‘zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo‘lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, yuksak mas’uliyatni his etish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr- mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir. Shaxsning maqsad, g‘oya va ideallari jamiyatdagi mavjud g‘oya va mafkura bilan uzviy bog‘liq ravishda shakllanadi. Milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo‘lida hatto hayotini qurbon qilish shaxs hayotining bosh maqsadiga aylanadi. Shaxs mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, Vatan, millat tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir. Jamiyat o‘z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shaxsning muayyan tarixiy na’munalarini yaratadi. Xar bir o‘zgargan tarixiy sharoitda shaxs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda xarizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shaxslar timsoli aks ettirilmoqda. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar o‘z oldiga ana shunday shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g‘oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyqunlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo‘lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mexnatsevar bo‘lishga rag‘batlantiradi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o‘rnatib, saxiy va oliximmat bo‘lishga undaydi. Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov ta’rifiga ko‘ra, ma’naviyat (rux) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini mustaxkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda xaqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shaxslar timsolida o‘z aksini topadi. Insonga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o‘rnida, uning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko‘rinadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling