Jamiyat falsafasi


Insonni tushunishda dualizm va monizm


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

Insonni tushunishda dualizm va monizm. Odamlar o‘rtasidagi biologik va ijtimoiy 
farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini tushunishga nisbatan 
ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan 
iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil mohiyat 
sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida 
qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson 
tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan 
keyin esa vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qaytadi, deb hisoblagan Platon falsafasida 


ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy an’anasiga ham 
xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik 
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson 
organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan 
o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, 
ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas, 
shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar 
chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi 
yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, hech shubhasiz, ham 
biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va 
inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur 
masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik, 
psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling