Jamiyat falsafasi
Q.Nazarov inson qadri haqida fikr yuritar ekan
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 8 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baxt-saodat nima
- Birinchi holda
Q.Nazarov inson qadri haqida fikr yuritar ekan, “Qarilik iborasini insonga nisbatan
biologik ma’noda ishlatish mumkin, ammo bu tushunchani inson qadriga va qadriyatlariga nisbatan ishlatish nojoiz. Zero, qarilik qadrsizlanish bo‘lmagani kabi yoshlik ham beqadrlik degani emas” 5 deb ta’kidlaydi. Binobarin o‘z shaxsi va boshqalarning qadrini anglash uchun insonning ma’naviy dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi, uning o‘zi esa hayotning bebaho ne’mat ekanligini anglaydigan darajada tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim. Qadriyat voqelikning, ya’ni tabiat, jamiyat yoki madaniyat hodisalarining xossasi, degan fikrga qo‘shilsak, haqiqat va qadriyatning ayniylashtirilishi muqarrardir. Ammo aksiologiyaning: «Baxt-saodat nima?», degan asosiy masalasini birinchi bo‘lib ta’riflagan Suqrot haqiqat va qadriyat o‘rtasida jiddiy farqlarni ko‘rsatib bergan. Bilim baxt-saodatga erishishning muhim sharti, lekin u mazkur qadriyatga erishishning birdan-bir sharti emas. Bu hol shu bilan izohlanadiki, tabiat va jamiyat predmetlari va hodisalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni anglab etish yo amalda nima mavjudligi haqidagi bilim shaklida, yo bu borliq qanday bo‘lishi lozimligi, inson tabiatga va boshqa odamlarga nisbatan o‘zini qanday tutishi kerakligi haqidagi tasavvur ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holda predmet haqidagi bilim uning haqiqiyligi yoki soxtaligi nuqtai nazaridan, ikkinchi holda – predmetning qimmati, ya’ni uning inson uchun ahamiyati nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Qadriyatlar shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo‘ljallarni yo‘qotish yoki vujudga kelgan qadriyatlar tizimidan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishiga olib keladi. Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. Shu sababli qadriyatlar nima, qadriyat va bahoning o‘zaro munosabati qanday, qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamshumul ahamiyat kasb etadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling