Jamiyat va inson


Download 239.08 Kb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi239.08 Kb.
#1607868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
wcShNX9rbrlqU3c7PggjgJg4calZ7g2U

Inson psixologiyasi.
Psixologiya–bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo„lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to'g'risidagi fan.
Psixologiyaning obekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi. Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo‗lib, insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy psixikaning namoyon bo‗lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta‘rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, Psixologiya–bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo„lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to„g„risidagi fan. 5 u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba‘zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya‘ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta‘minlaydi. An‘anaviy ta‘riflarda psixologiya fan sifatida ana shu ―psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi‖, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta‘riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba‘zan o‘z-o‘zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan obektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta‘sir ko‘rsatishning usullarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo‘lgan jarayonlarni, o‘zimizda, miyamiz, ongimizda ro‘y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o‘rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti-harakatlarini bevosita ko‘rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko‘rishmay qolganimizda uni sog‘inayotganligimiz bilan bog‘liq hisni bevosita ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o‘xshash holatlar psixologiya o‘rganadigan hodisalar va holatlarning o‘ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi. Shunday qilib, psixologiya fani o‘rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o‘rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o‘rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o‘zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq va umumiy qonuniyatlar va printsiplarga bo‘ysunadi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta‘riflash mumkin. Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o‘zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a‘zosi, mustaqil yurt
Foydalanilgan adabyotlar.
Andreeva I. A., "ijtimoiy psixologiya" 1994 yil
Goryaninov. - qaniydi?A., "aloqa psixologiyasi" 2002 yil
Zimbardo F,Layappe M. "ijtimoiy ta'sir" 2001 yil
Kachermazoval.C., "yosh psixologiyasi" (elektron darslik).
Ijtimoiy fanlar bo'yicha darslik 10-sinf, - L. I. Bogolyubov tomonidan tahrirlangan 2006 yil.
Download 239.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling