Jamiyatda ilmiy-texnik va axborot (informatsiya) sohasidagi xavf turlari
Download 26.38 Kb.
|
INFORMATSIYA SOHASIDAGI XAVF TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIYa STANSIYALARIDA
KASB KASALLIKLARINI TEKSHIRISh,
QAYD QILISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI 4.1. Ish joyini o`zgartirgan shaxslarda surunkali kasb kasalliklarini kasb kasalligi aniqlangan joy bo`yicha sanitariya еpidemiologiya stansiyasi tekshiradi. Tekshiruv ushbu xastalikni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan hozirgi ish joyida zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir еtishi istisno еtilgan hollarda ham o`tkaziladi. 4.2. Mazkur kasb kasalligini aniqlagan joyidagi sanеpidstansiya va davolash-profilaktika muassasasi shu xastalikni oydinlashtirish maqsadida bemorning oldingi ish joyidagi tegishli sog`liqni saqlash organlaridan quyidagilarni so`rab olishlari zarur. 4.2.1. Oldingi ish joyi bo`yicha mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifnomalarini; 4.2.2. Birlamchi hujjatlar shakllari (ambulatoriya kartalari, kasallik tarixlari va boshqalar)dan ko`chirma nusxalarni; Eslatma: talabnoma har bir yuz bergan hodisada bemorning kasb yo`nalishini hisobga olgan holda so`raladi. 4.3. Talabnoma so`ralgan muassasalar bir oy muddat ichida talab qilingan hujjatlarning ko`chirma nusxalarini taqdim еtishlari lozim. 4.4. Ish (o`qish) joyini o`zgartirgan shaxslarda tasdiqlangan kasb kasalliklari hodisalari kasal odam ishlaydigan ishxona ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan huquqiy sanеpidstansiya tomonidan qayd qilinishi va hisobga olinishi kerak.
5. SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIYa STANSIYALARIDA VA DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARIDA KASB KASALLIKLARI HODISALARINI QAYD QILISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI 5.1. Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarni qayd qilish va ularning salomatligi va ishlash qobiliyatini kuzatib borish uchun 1.5.2-bandda ko`rsatilgan sanitariya-еpidemiologiya stansiyalarda, kasb kasalliklari klinikasida “Kasb kasalliklarini hisobga olish jurnallari” tutiladi (363-sonli shakl). 5.1.1. Jurnal sanеpidstansiya yoki davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi buyrug`i bilan tayinlanadigan mas’ul shaxs tomonidan to`ldirib boriladi. 5.1.2. Jurnal quyidagi idoralarda to`ldiriladi: 5.1.2.1. Kasb kasalliklari klinikasida - statsionar bemorning “Tibbiy kartasi” (003-U-sonli shakl) ma’lumotlari va bemorning mehnat sharoitlarini sanitariya-gigiyena tavsiyanomalari asosida. 5.2. Boshqa davolash-profilaktika muassasalarida har bir tasdiqlangan kasb kasalligi (zaharlanish) hodisasi ambulator bemorning tibbiy kartasi (25-sonli shakl)ga yozib qo`yiladi. 5.3. Sanеpidstansiyalar kasb kasalliklarini tekshirish aktlari, kasb kasalliklari jurnallari asosida EVMni ishlatgan holda kasbdan kasallanishni keyinchalik hisobga olish va bir qadar chuqur tahlil qilish uchun “Kasb kasalligi zaharlanishni hisobga olish (152-sonli shakl) kartalari”ni to`ldiradi. Download 26.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling