Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi
Download 303.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10 (4)
Daromadlarning tabakalashuvi
Bozor iktisodiyotiga daromadlarning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar bo’lishini bildiradi. Tengsizlikni asosan to’rt omil yuzaga chiqaradi: 1) Kishilarning tug’ma qobiliyatlari, kuch-kuvvati, aql-idroki, salohiyat va zakovati, xullas, ish qobiliyati bir xil emas. SHu sababli ular xar xil daromad ko’radilar. 2) Daromaddagi tengsizlik ishlab pul topish imkoniyatlariga bog’liq. Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo’lgan va ish topiladigan joyda daromad ko’p bo’lsa, bunday sharoitlar yo’q, joyda daromad oz bo’ladi. Ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi qobiliyati bir xil bo’lsada, daromadi turlicha bo’ladi. 3) Tengsizlikni oila tarkibining xar xil bo’lishi ham yuzaga keltiradi. Agar oila tarkibida pultoparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi ko’p bo’ladi. Aksincha bo’lsa daromad oz bo’ladi. 4) Daromadlardagi farqni iqtisodiy vaziyat ham yuzaga keltiradi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor holatidagi o’zgarishlar ham yuzaga keltiradi. Bozor konunlariga mos ravishda jamiyat qabul qilgan va qonuniy ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli tengsizlik hisoblanadi, g’ayriqonuniy, ya’ni man etilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar esa adolatsiz tengsizlikni vujudga keltiradi. Adolatsiz tengsizlik yashirin (man etilgan) iqtisodiy faoliyat bor joyda yuzaga keladi. Masalan, reket yoki narkobiznesdan mo’may pul topish daromadlarni keskin farklantiradi. Daromadlardagi adolatli tengsizlik tabiiy bir xol bo’lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad summasiga qarab aniqlanadi. Buning uchun oila ko’rgan yalpi daromadni uning a’zolari soniga bo’linadi. Daromaddagi tafovutlar darajasi tahlil etilganda 10 foiz boy oilaning daromadi bilan 10 foiz kambagal oilalar daromadi taqqoslanadi. Natijada boylar va kambag’allar daromadi necha karra farqlanishi aniqlanadi. Download 303.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling