Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi


Download 303.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana02.04.2023
Hajmi303.66 Kb.
#1318960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10 (4)

SF 
Srent= ——— 
ST 
Korxonaning o’z kapitali rentabelligi (O’Krent) - bu sof foydaning korxona o’z kapitali 
(mablag’i) 1 so’miga to’g’ri keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) korxona o’z kapitalining 
o’rtacha yillik summasiga nisbati ko’rinishida aniqlanadi: 
 
SF 
O’Krent= ——— 
O’K 
Xarajatlar rentabelligi (Xarrent.) - bu korxona asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan 
foydaning asosiy ishlab chiqarish xarajatlari (sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, 
sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan xarajatlar)dagi 
(AICHX) ulushini tavsiflaydi. 
 
SF 
Xarrent= ———— 
AICHX 
 


Aktsionerlik jamiyatining bir dona aktsiyasi rentabelligi (AK) - sof foydaning korxona 
aktsiyalari (AK) soniga nisbati ko’rinishida hisoblanadi. Bu ko’rsatkich korxonaning bozordagi 
faolligini tavsiflaydi. 
SF 
AKrent= ——— 
AK 
 
Rentabellikning barcha ko’rsatkichlari korxonaning barqarorligini aniqlashga, uning ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga va bozordagi raqobat bardoshliginpi ko’tarish bo’yicha 
tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi. 
Hozirgi paytda foydaga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini bir qancha usullarni 
qo’llab aniqlash mumkin. Eng avvalo korxonaning yalpi foydasiga ta’sir qiluvchi omillar 
aniqlanadi. 
Sotishdan olingan sof tushumni korxonaning yalpi foydasi (Fsm) deb ham atash mumkin. 
Bu odatda sotilgan mahsulotning umumiy qiymatidan (Sm) uning tannarxini (Tn) ayirish yo’li 
bilan aniqlanadi. Ammo shu ikki ko’rsatkich zamirida mahsulotning qiymati, miqdori, baho 
o’zgarishi, tannarxdagi tebranishlar mujassam etilgan. SHu tufayli yalpi foydaning vujudga 
kelishida bevosita shu omillar ta’sirini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Korxonada yalpi foyda ma’lum ahamiyatga ega, chunki u barcha moliyaviy natijalarni 
ifodalovchi ko’rsatkichlar negizini tashkil qiladi. Ammo xo’jalik faoliyatining pirovad natijasi 
sof foydaga erishish bilan belgilanadi. SHu tufayli iqtisodiy tahlilda sof foydani o’rganish va 
tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 
Korxonada sof foydaning shakllanish jarayoni butun moliyaviy-xo’jalik faoliyatini qamrab 
oladi. Bu yerda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, sotish va ma’muriy xarajatlarni tejash, 
moliyaviy faoliyat natijasida ijobiy saldoga erishish, tasodifiy foydaga muyassar bo’lish, soliq 
stavkasi o’zgarmagan holda soliq so’mmasini kamaytirish kabi bir qancha bosqichlar mujassam.
Hozirgi paytda amaldagi me’yoriy hujjatlar moliyaviy natijalarni ifodalovchi 
ko’rsatkichlarning shakllanishini aynan shu tarzda ifodalashni taqozo qiladi. Ushbu holat 
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish uchun ham uslubiy jihatdan 
yondoshishga asosdir. 
Ushbu ketma-ketlikka asoslanib korxona sof foydasining shakllanishi va ularning bir-biri 
bilan bog’liqligini ko’rib chiqish mumkin.Bu o’zgarish juda ko’p omillar evaziga sodir bo’lgan. 
Ushbu omillar ta’sirini shu javdal ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Bu omillar guruhiga 
quyidagilar kiradi: 
mahsulot hajmining o’zgarishi; 
tannarxning o’zgarishi; 
bahoning o’zgarishi; 
davr xarajatlarining o’zgarishi; 
turli operatsion daromadlarning (xarajatlarning) o’zgarishi; 
asosiy faoliyat moliyaviy natijasi; 
moliyaviy faoliyat natijasi; 
tasodifiy (favqulotdagi) foyda va zararlarning mavjudligi; 
soliq stavkasi; 
soliq summasi; 
Iqtisodchilarning muhim vazifalaridan bir korxona rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillarni 
ham hisoblab chiqishlari va ularni oshirish uchun tegishli ichki imkoniyatlarni axtarib topish 
yo’llarini ko’rsatishdan iboratdir.
Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi m ko’rsatkichga mahsulot (ish, xizmat) 
rentabelligini (Rst) kiritish mumkin. Mazkur ko’rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan 
foydalaniladi: 



Download 303.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling