Jamiyatning daromadi hisoblanadi. U taqsimlanganda barcha iktisodiyot ishtirokchilarining daromadlari xosil bo’ladi


O’timal ishlab chiqarish xajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini


Download 303.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana02.04.2023
Hajmi303.66 Kb.
#1318960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10 (4)

10.3.O’timal ishlab chiqarish xajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini 
aniqlash 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng muhim vazifalaridan biri – bu, ishlab chiqarish 
jarayonlari elementlarining o’zaro uyg’unlashuvi va muvofiqlashuvini ta’minlashdan iborat. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning bir qatoor fundmental qoidalari va shakllari 
mavjud bo’lib, ularga rioya qilish korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga imkoniyat 
yaratib beradi. 


Ishlab chiqarish jarayonlari bir qator tashkiliy-texnikaviy jihatlariga ega bo’lib, ularning 
tahsirida ishlab chiqarishni tashkil etish vositalari, usullari shakllanadi. Ular esa korxona xo’jalik 
faoliyatining pirovard natijalari bўlgan xarajatlar, mahsulot hajmi, uning sifati, mehnat 
unumdorligi, rentabelligi darajasiga ta’sir ko’rsatadi. 
Ishlab chiқarish jarayonlarini belgilash va taҳlil etishda ularning mehyoriylarini ishlab 
chiqish va ularga rioya qilish aoҳida aҳamiyat kasb etadi. Ulardan foydalanish ishlab chiқarishni 
tashkil etishning samaradorligini aniқlashda asos bўladi. 
Daromad turlari mavjud: 

haqiqiy daromad; 

o’rtacha daromad; 

monopol daromad yoki iqtisodiy renta

maksimal daromad. 
Haqiqiy daromad – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar asosida 
aniqlangan daromad hisoblanadi. Bu daromad korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda 
asosiy manba bo’lib hisoblanadi. 
O’rtacha daromad deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil 
daromad olish yoki bir xil rentabellikka ega bo’lish tushuniladi. O’rtacha daromad korxona 
(firma)ning faoliyat ko’rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday 
daromadning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. 
O’rtacha daromadni ko’pincha iqtisodiy daromad deb ataydilar. 
Iqtisodiy daromad qachon paydo bo’ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, 
haqiqatda 100 ming so’m daromad olgan bo’lsa-yu, ana shu mablag’ni boshqa mahsulot ishlab 
chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so’mlik daromad olsa, bunday daromadni iqtisodiy 
daromad deb tushunish kerak. Bu holda daromad ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy daromad 
korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag’batlantirsa, ijobiy haqiqiy daromad ishlab 
chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. 
Monopol daromad yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omillaridan 
daromadlanish natijasida sodir bo’lgan daromad hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil 
yerga ega bo’lib, yerni olish bilan bog’liq xarajatlar bir xil bo’lishi sharoitida birinchi yer 
transport tarmog’iga yaqin bo’lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so’m kam sarf 
qilinishi mumkin, ana shu 10 mln so’m uning qo’shimcha daromadsi hisoblanadi. Iqtisodiy renta 
ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga 
berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o’rtasidagi farqdan iborat 
bo’ladi. 
Maksimal daromad – bu bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu 
bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida 
olingan daromad. SHu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. SHunga 
ko’ra, daromadni maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash deganidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar 
majmuida daromadni taqsimlash masalalari muhim o’rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va 
to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit 
yaratadi. 
Mahsulot sotishni ko’paytirishdan uch natija kutiladi: a) mahsulot sotishni ko’paytirish 
orqali bozorda o’z hissasini oshirish, imkon bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish; b) har bir 
mahsulotni (mahsulot birligini) sotishdan tushadigan daromadning kamayishiga rozi bo’lgan 
holda mahsulotlarni ko’plab sotish orqali keladigan yalpi daromadni oshirish; v) mahsulotni ko’p 
sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish. 
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o’z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar mahsus 
narx qo’llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. 
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni tahqiqlaydi, shu sababli firmalar 
uni yashirin qo’llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo’ladi. 

Download 303.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling