Жамиятнинг сиёсий ва ҳУҚУҚий тизими


Davlat siyosiy sistemaning asosiy instituti


Download 73.22 Kb.
bet3/7
Sana04.04.2023
Hajmi73.22 Kb.
#1324881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa (3)

2. Davlat siyosiy sistemaning asosiy instituti

7
Ijtimoiy rivojlanish natijasida har bir xalq tarixida davlat turli vaziyatlarda, turli davrlarda vujudga kelgan. Davlatning paydo bо‘lishi haqida bir-biridan farq qiladigan bir qancha nazariyalar mavjud.


Patriarxal nazariya vakillarining (Aristotel, Filmer) fikricha davlat oilaning evolyusiyasi natijasidir, davlat boshlig‘i patriarxal oila boshlig‘iga о‘xshaydi va undagi jarayonlar oiladagi munosabatlar kabi tuzilgan.
Diniy nazariyalar esa davlatni ham boshqa ijtimoiy hodisalar qatori ilohiy karomat sifatida tushunishadi, ularning fikricha davlat xudo belgilab bergan normalarni о‘z fuqarolari orasiga singdiradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Shartnoma nazariyasi vakillarining (G. Grotsiy, T. Gobbs, J.J. Russo) fikricha davlat kishilar о‘rtasidagi kelishuv, shartnoma natijasidir. Davlat kishilarning о‘zaro kelishuvi natijasi ekanligi haqidagi fikrlarni Epikur ham aytgan edi. Bu nazariyaga muvofiq suverenitet umuman xalqqa tegishli, hukmdorlar esa –
xalq vakillari bо‘lib, xalq oldida hisobot berib turadi va xalq xohishiga kо‘ra almashtiriladi.
Gegelning davlat haqidagi ta’limoti. Gegelning qarashlari uning quyidagi ta’kididan kelib chiqadi: "Voqe’ narsalarning barchasi aqlga muvofiqdir". Gegel tabiat va jamiyat hodisalarining asosida, demakki, davlat va huquq asosida ham, absolyut ruhiy va aqliy ibtido – "absolyut g‘oya" turadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha davlat axloq amal qilishining oliy shaklidir, u hech kimning manfaatlariga xizmat qilmaydi, balki о‘z-о‘zicha absolyut maqsad hisoblanadi. Gegel ta’limotida davlat oliy qadriyatlarning aks etishi sifatida tasvirlanadi, u shaxsga nisbatan oliylik huquqiga ega. Insonning oliy majburiyati esa – davlatning munosib a’zosi bо‘lishdir. Gegel shuningdek fuqarolik hodisasining siyosiy-huquqiy mohiyatini asoslab beradi va vatanparvarlik shaxsning muhim belgisi ekanligini aytadi.
Istilo nazariyasi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan. Uning asoschilari (L. Gumilovich, K. Kautskiy, YE. Dyuring va boshqalar) mazkur g‘oyaning tо‘g‘riligiga isbotni mashhur tarixiy faktlardan (masalan, german va venger davlatlari vujudga kelishidan) qidirganlar. Avstriyalik tadqiqotchi L.
Gumilovich shunday deb yozadi: "Tarix bizga davlatning faqat zо‘ravonlik orqali 8
vujudga kelganidan boshqa birorta misolni kо‘rsata olmaydi. Bundan tashqari, bu hamma vaqt bir qabilaning boshqasi ustidan zо‘ravonligi bо‘lgan, u kuchli begona qabilaning kuchsizroq, ammo о‘troq bо‘lishga ulgurgan aholini bosib olishi va bо‘ysundirishi sifatida namoyon bо‘lgan".
Davlatning vujudga kelishi masalasi aftidan hali uzoq vaqt mobaynida fanda munozarali masala bо‘lib qoladi. Unga beriluvchi javoblar esa bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq bо‘ladi. Birinchidan, tarix, etnografiya, arxeologiyaning rivoji bilan biz davlat va huquqning vujudga kelishi haqidagi yangi-yangi ma’lumotlarni olamiz. Ikkinchidan, ushbu ma’lumotlar doimo u yoki bu falsafiy maktab vakillari tomonidan ularning konseptual mо‘ljallari mazmuniga mos ravishda talqin qilinadi.
Har qanday davlat undagi mohiyat, mazmun va shaklning birligi sifatida amal qiladi. Davlat faol amal qilishi, uning mexanizmi sifatli va mutanosib bо‘lishi uchun qat’iy tashkil etilgan davlat hokimiyati talab etiladi. Bu yerda davlat shakli biz uchun asosiy tushuncha hisoblanadi. Davlat shakli tushunchasida uning boshqaruv shakli, davlat tizimi va davlat siyosiy rejimi (tartiboti)ning davlat hokimiyatining tashkil etilishi sifatida aks etishi tushuniladi. Davlat shaklining qanday bо‘lishiga aholining milliy tarkibi, tarixiy an’analar, mamlakat hududining katta-kichikligi va boshqa omillar ta’sir kо‘rsatadi. 1990 yillarning о‘rtasida sobiq Yugoslaviyada yuz bergan voqealar, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridagi murakkab vaziyatlar har bir xalqda "faqatgina uning о‘ziga xos bо‘lgan alohida, individual shakldagi konstitusiyasi borligini kо‘rsatdi. Bir xil bо‘lgan xalqlar yо‘q va bir xil shakldagi konstitusiyalar ham bо‘lmasligi kerak. Kо‘r-kо‘rona kо‘chirib olish va taqlid qilish bema’nilik, xavfli va u halokatli bо‘lishi ham mumkin".1

Download 73.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling