Жамиятнинг сиёсий ва ҳУҚУҚий тизими
Hokimiyatning bо‘linish tamoyili
Download 73.22 Kb.
|
Falsafa (3)
3. Hokimiyatning bо‘linish tamoyili
Hokimiyatning bо‘linish tamoyili hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasining asoslaridan biri bо‘lib, kо‘p jihatdan fransuz ma’rifatparvarligining atoqli vakili, taniqli huquqshunos va siyosiy arbob Sharl Lui Monteskye (1689-1755) nomi bilan bog‘liq. Qomusiy bilimlar sohibi bо‘lmish bu olim huquqshunoslik va siyosat masalalari bilan bir qatorda falsafa, axloqshunoslik, tarix, sotsiologiya, din, siyosiy iqtisod, tabiiy fanlar, san’at va adabiyot bilan ham shug‘ullangan. Monteskyening siyosiy va huquqiy qarashlari uning "Fors maktublari" (1721), "Rimliklarning buyukligi va halokati sabablari haqida mulohazalar" (1734), "Qonunlar ruhi haqida" (1748) asarlarida aks etgan. Shuni aytib о‘tish joizki, Monteskye "Qonunlar ruhi haqida"gi kitobini 20 yil mobaynida yaratgan. Monteskye boshqarishning uch obrazini (shaklini) farqlaydi: respublikaviy, monarxik va despotik. Respublikacha boshqaruvda oliy hokimiyat yoki butun xalq (demokratiya) yoki uning bir qismi (aristokratiya) qо‘lida bо‘ladi. Monarxiya – bu qat’iy о‘rnatilgan qonunlar vositasida bir kishi tomonidan boshqariluvchi davlatdir. Despotiyada esa barcha narsa har qanday qonun va qoidalardan ustun turuvchi hukmdorning istagi va irodasiga kо‘ra sodir bо‘ladi. Monteskye ana shu boshqaruv shakllarining vujudga kelishi va amal qilishini qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining siyosiy muvozanati, shuningdek, ushbu funksiyalarni amalga oshiruvchi organlarning о‘zaro munosabatlari xarakteriga bog‘laydi. Uning 13 fikricha, hokimiyatning ushbu uch tarmog‘i о‘zaro muvozanatda bо‘lsa boshqaruv "mо‘tadil" bо‘ladi, ya’ni bunday davlat tuzumida "hech kimni qonun talab qilmagan narsani bajarishga, aksincha, hech kimni qonun ruxsat bergan narsani bajarmaslikka majbur etib bо‘lmaydi". Hokimiyatning bо‘linishidan asosiy maqsad - hokimiyatni suiiste’mol qilishga imkon bermaslikdir. Bunday imkoniyatning oldini olish uchun, deydi Monteskye, "shunday tartib zarurki, bunda turli hokimiyatlar bir-birini tiyib turishi mumkin bо‘lsin". Hokimiyatlarning о‘zaro bir-birini tiyib turishi – ularning qonun tomonidan belgilab berilgan о‘z imkoniyatlari doirasida о‘zaro qonuniy va uyg‘un amal qilishining zaruriy shartidir. "Bu uch hokimiyat osoyishtalik va faoliyatsizlik holatiga kelishi kerakdek tuyuladi. Ammo hodisalarning zaruriy oqimi ularni faoliyat kо‘rsatishga majbur qilgani uchun, ular о‘zaro muvofiqlashgan holda faoliyat yuritishga majbur bо‘ladi". Bunda siyosiy tizimdagi belgilovchi va asosiy rolni, Monteskye asosli ravishda, qonunchilik hokimiyatiga tegishli bо‘ladi, deb hisoblaydi. Uning fikricha hokimiyatlarning bо‘linishi siyosiy erkinlikni ta’minlashning asosiy shartidir: "Qonunchilik va ijroiya hokimiyatlari bir kishi yoki muassasada birlashtirilsa, erkinlik bо‘lmaydi, chunki, ushbu monarx yoki senat tiran (zolim)larcha amal qiluvchi tiran (zolim, mustabid) qonunlar yaratadilar. Sud hokimiyati qonunchilik va ijroiya hokimiyatidan ajratilmasa ham erkinlik bо‘lmaydi. U (sud) qonunchilik hokimiyati bilan qо‘shilgan taqdirda fuqarolar hayoti va erkinligi о‘zboshimchalik va zо‘ravonlik hukmi ostiga tushib qoladi, chunki bunda sudya qonunchi hisoblanadi. Sud hokimiyati ijroiya hokimiyati bilan birlashtirilgan taqdirda sudya zulm qiluvchi, ezuvchi bо‘lish imkoniyatini qо‘lga kiritadi. Bordiyu bu uch hokimiyatdan uchalasi ham (ya’ni qonun yaratuvchi hokimiyat, umumdavlat xarakteridagi qarorlarni bajaruvchi hokimiyat hamda jinoyatlar yoki xususiy shaxslarning da’vo ishlarini sud qilish hokimiyati) bir 14 kishida yoki mansabdorlar, oqsuyaklar yoki oddiy kishilardan iborat bitta muassasada birlashtirilgan taqdirda barcha narsa halok bо‘ladi."3 О‘zbekiston Respublikasida hokimiyatning qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlariga bо‘linishi Asosiy Qonun – Konstitusiyada mustahkamlab qо‘yilgan (11-modda). Asosiy Qonunning beshinchi bо‘limi ("Davlat hokimiyatining tuzilishi") qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining, shuningdek qonunchilikni butun mamlakat hududida aniq va bir xil bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura organlarining tuzilishi va faoliyati tamoyillariga bag‘ishlangan. Ushbu bо‘limda О‘zbekistonda saylov, moliya tizimlari, shuningdek davlat xavfsizligi va mudofaasini ta’minlash tamoyillari ham aks ettirilgan. О‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tuzilishi masalalari qonunchilikning maxsus hujjatlarida (aktlarida) konkretlashtirilgan. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatlari doirasi g‘oyat keng bо‘lib, ular Konstitusiyaning 78-moddasida aks ettirilgan. Ular qatoriga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini, qonunlarini qabul qilish, unga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish; О‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yо‘nalishlarini aniqlash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; О‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash; О‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning О‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash va boshqa kо‘plab masalalarni halqilish kiradi. Ularni siz "Huquqshunoslik asoslari" fani orqali yaxshi bilasiz. 2002 yil 27 yanvarda bо‘lib о‘tgan referendum (umumxalq ovoz berishi) natijasiga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali organga aylantirildi. Bu О‘zbekiston Respublikasidagi barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilliklarini kuchaytirish hamda qonunchilik faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 3 Қаранг: История политических и правовых учуний. Учебник для вузов. Под ред. В.С.Нерсесянца. М., 1997, 287-288-бетлар. 15 Download 73.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling