Жамиятнинг сиёсий ва ҳУҚУҚий тизими


Download 73.22 Kb.
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi73.22 Kb.
#1324881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa (3)

Siyosiy institusiyalar – siyosiy hokimiyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkilot va muassasalar yig‘indisidir. Siyosiy institusiyalar о‘z ichiga 4
quyidagilarni qamrab oladi: a) davlat va uning organlari; b) jamoat tashkilotlari; v) yuridik shaxs maqomidagi boshqa tashkilot va muassasalar. Siyosiy institusiyalarning xususiyati shundaki, ularning faoliyati amalda doimo qonun tomonidan, ya’ni muayyan normativ hujjatlar orqali boshqariladi.
Siyosiy hokimiyatning asosiy instituti davlat hisoblanadi. Davlat siyosiy sistemaning markaziy elementi, asosi hisoblanadi, u hokimiyatning asosiy manbasi va timsolidir. Shuningdek, siyosiy sistemaning muhim elementlarini siyosiy vositachilik institusiyalari hisoblanmish partiyalar, ta’sir kо‘rsatish guruhlari, manfaatdor guruhlar tashkil etadi.
Siyosiy munosabatlar – siyosat subyektlarining о‘zaro ta’sirlarining shakli, siyosiy hokimiyatni egallash, о‘rnatish, amal qilish, qо‘llash, rivojlantirish va о‘zgartirish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlash turidir; bu – siyosiy sistema institutlari, siyosiy va ijtimoiy sistemalar о‘rtasida tarkib topadigan о‘zaro ta’sirlarning bir-biriga munosabatlari va о‘zaro ta’sir shakllarining yig‘indisidir.
Siyosiy munosabatlarning markazida davlat va jamiyatning о‘zaro munosabati turadi. Davlat va jamiyat munosabatlari asosan uch turdagi tо‘g‘ri va teskari aloqalar yig‘indisidan iborat (bunda "tо‘g‘ri aloqa" – davlatdan jamiyatga tomon, "teskari aloqa" – jamiyatdan davlatga tomon aloqalarni anglatadi):
"Teskari aloqa mexanizmi" mavjud bо‘lganda va yaxshi taraqqiy etganda, uning ahamiyatiga yuqori e’tibor berilsa siyosiy munosabatlar demokratik xarakterda bо‘ladi; Bunday tartibdagi davlatda siyosiy hokimiyat ishontirish, muvofiqlashtirish, qonuniylik, parlamentarizm, faqat qonun doirasidagina majburlash vositalari bilan amalga oshiriladi. Davlat oliy organlari xalqning vakolatiga ega bо‘ladi, hokimiyat xalq manfaatlari yо‘lida amalga oshiriladi, inson va fuqaro huquq va erkinliklari keng himoya qilinadi, jamiyatning barcha sohalarida qonun ustuvor bо‘ladi.
"Teskari aloqa mexanizmi" qisman yopib qо‘yilib, tо‘g‘ri aloqalarning ahamiyati oshirilsa siyosiy munosabatlar avtoritar xarakterda bо‘ladi;
"Teskari aloqa mexanizmi" tо‘liq tugatilganda va faqat tо‘g‘ri aloqalar bо‘lganda siyosiy munosabatlar totalitar xarakterda bо‘ladi. Hokimiyat diktatorlik, 5
kuchga asoslanuvchi vositalar bilan amalga oshiriladi. Totalitar tartibdagi jamiyatda inson huquq va erkinliklari himoya qilinmaydi, jamiyatda qonunsizlik va о‘zboshimchalik hukmron bо‘ladi.
Har bir mamlakatdagi siyosiy munosabatlarga guruhlararo, guruhlardagi ichki va shaxslararo munosabatlar ham kiradi. Dunyo miqyosidagi siyosiy munosabatlar esa davlatlararo (xalqaro) va global siyosiy munosabatlarni о‘z ichiga oladi. Shundan kо‘rinib turibdiki, siyosiy munosabatlar tashkiliy tuzilishi juda murakkab va kо‘p darajali tizimlardan iborat.
Siyosiy munosabatlar ishonch va hamkorlik yoki raqobat, nizo va antagonizm xarakterida bо‘lishi mumkin. Yuqorida aytib о‘tilgan barcha siyosiy munosabatlar yig‘indisi har bir jamiyat siyosiy sistemasining qanday amal qilishini belgilab beradi.
Siyosiy normalar – jamiyat siyosiy hayotini muvofiqlashtirib, boshqarib turuvchi norma va an’analar yig‘indisidir. Siyosiy munosabatlarning qanday shaklda va qanaqa doirada bо‘lishi faqat davlat-siyosiy institusiyalari bilangina emas, shu bilan birga normativ tizim (mamlakat Konstitusiyasi, boshqa qonun va qonunga oid hujjatlar), bulardan tashqari yozilmagan siyosiy an’analar, odatlar, jamoat tashkilotlari normalari, axloqiy normalar bilan boshqarib turiladi.
Siyosiy madaniyat о‘z ichiga quyidagi elementlarni oladi: muayyan jamiyat uchun tipik bо‘lgan va mustahkamlanib qolgan siyosiy hatti-harakat namunalari va qadriyat mо‘ljallari; mazkur jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy institusiyalar va jarayonlarning xususiyatlarini belgilab beruvchi bilimlar, hatti-harakat normalari va namunalari, qadriyat va an’analari;
ijtimoiy guruhlar va alohida kishilarning siyosat sohasidagi siyosiy hatti-harakatlarga ta’sir kо‘rsatuvchi tarixiy tajribasi, xotirasi, hatti-harakat madaniyati, shaxsiy mо‘ljallari va kо‘nikmalari.
Siyosiy madaniyat u yoki bu jamiyatda hukmron bо‘lgan siyosiy rejimning vujudga kelishi, xarakteri va xususiyatlarini, ijtimoiy guruhlar va individlarning siyosiy ongi va hatti-harakatlarini tushuntirib beradi. Siyosiy madaniyat qismlarini 6
о‘zaro mustahkamlovchi element jamiyatning butun faoliyati uchun umumiy bо‘lgan hamda mafkurada aks etadigan qadriyatlar, normalar, dasturlar yig‘indisi bо‘lmish siyosiy dunyoqarash hisoblanadi.
Siyosiy madaniyat subyektlari sifatida umuman jamiyat ham, shuningdek, sinflar, ijtimoiy qatlamlar, muayyan jamoalar va alohida shaxslar ham chiqishi mumkin. Har bir mamlakat va har bir xalq о‘ziga xos bо‘lgan siyosiy madaniyatiga ega. Har bir mamlakat siyosiy ongi va hatti-harakatlaridagi tarixiy tarkib topgan, nisbatan mustahkam, odatiy bо‘lib qolgan e’tiqodlar, kо‘rsatmalar, tasavvurlar, hatti-harakat namunalari uning siyosiy madaniyatini tashkil qiladi va uni boshqalardan farqlab turadi. Masalan, kо‘pgina g‘arb mamlakatlari uchun tarixiy tarkib topgan formallashgan ong va unga asoslanib huquqqa, qonunga, shartnomaga hurmat, shaxsning boshqalarni va о‘z о‘zini, uning huquq va erkinliklarini yuqori darajada hurmat qilishi, davlatning fuqarolar shaxsiy hayotiga aralashmasligi, individning о‘z-о‘zini yuqori darajada cheklashi xarakterli bо‘lib, ana shularsiz haqiqiy demokratiya va huquqiy davlatning bо‘lishi mumkin emas.
Sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik mamlakatlar о‘rnida vujudga kelgan davlatlar siyosiy madaniyati esa, aksincha, jamiyat hayotida davlatning ustunligi va shunga bog‘liq holda hokimiyatning avtoritar xarakterdaligi, paternalizm (ya’ni davlatning jamiyatga "homiylik" qilishga intilishi) va hokimiyatga oid munosabatlarning paternalistik xarakterdaligi, aholining hokimiyatga nisbatan kliyentilistik (ya’ni davlat himoyasida, homiyligida bо‘lishga odatlanib qolish) munosabatda bо‘lish, jamiyatda davlatdan mustaqil bо‘lgan va unga bog‘liq bо‘lmagan fuqarolik jamiyati institusiyalarining taraqqiy etmaganligi, hokimiyatning sakrallashgani va siyosiy munosabatlarning personifikatsiyalashuvi (ya’ni qonunning emas, balki alohida shaxsning ustunligi) bilan tavsiflanadi.



Download 73.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling