Жамиятнинг сиёсий ва ҳУҚУҚий тизими


Download 73.22 Kb.
bet4/7
Sana04.04.2023
Hajmi73.22 Kb.
#1324881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa (3)

Boshqaruv shakli oliy davlat hokimiyati tashkil etilishi usulini, uning organlari tashkiliy tartibini, ularning о‘zaro aloqasi va aholi bilan munosabatlarini, ular tashkil topishida aholining qatnashuv darajasini ochib beradi. Boshqaruvning monarxiya va respublikadek asosiy ikki shakli mavjud. Ularning oliy organlari 1 Теория государства и права. Под ред. В.М.Корельского и В.Д.Перевалова. М., 1999, 179-бет. Илгариги
схемага ҳам қаранг.

9
tashkil etilish tartibi bо‘yicha ham, tarkibi bо‘yicha ham, vakolatlari bо‘yicha ham bir biridan farq qiladi. Hozirgi paytda har ikkala kо‘rinishdagi boshqaruv shakliga ega bо‘lgan davlatlar mavjud.


Monarxiyada oliy davlat hokimiyati davlat boshlig‘i - monarxning (qirol, shoh, imperator va h.k.) yakka о‘ziga tegishli bо‘ladi, odatda ular taxtni meros qilib oladilar. Monarxning aholi oldidagi mas’uliyati darajasi har xil bо‘lishi mumkin: adsolyut (mutlaq) monarxiyalarda (masalan, Saudiya Arabistonida) monarx davlatning yagona oliy organi hisoblanadi; u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, ijro hokimiyati organlarini boshqaradi va oliy sudya hisoblanadi. Cheklangan monarxiyada esa (masalan, Shvetsiya, Buyuk Britaniyada) monarx hokimiyati konstitusiya, parlament, hukumat va mustaqil sudyalar tomonidan jiddiy chegaralangan bо‘ladi.
Respublikalarda esa davlat hokimiyati ma’lum muddatga saylangan va saylovchilar oldida mas’uliyati bо‘lgan saylangan organlarga tegishli bо‘ladi.
Tarixdan sizga ma’lumki, boshqarishning respublika shakli qadimgi quldorlik davlatlarida vujudga kelgan va о‘zining yorqin ifodasini Afina respublikasida topgan edi. О‘rta asr feodalizmida respublikacha boshqaruv shakli nihoyatda kam bо‘lgan, ular ba’zan о‘zini-о‘zi boshqarish huquqiga ega bо‘lgan "erkin"
shaharlarda (masalan, Venetsiya, Genuya, Lyubek, Novgorod kabilarda) amal qilganlar, xolos.
Hozirgi paytda respublikalar parlamentli va prezidentlik respublikasiga ajratiladi. Ular oliy hokimiyat organining qaysi biri – parlamentmi yoki prezident -
hukumatni tuzishi va uning ishiga rahbarlik qilishi hamda hukumat kimning oldida javob berishiga kо‘ra farqlanadi. Parlament respublikasida (masalan, GFR) parlament nafaqat qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, balki hukumatga ishonchsizlik bildirib, uning iste’foga chiqishini talab qilishga ham haqli. Hukumat о‘z faoliyati uchun parlament oldida javob beradi. Prezident faqat davlat boshlig‘i hisoblanadi, ammo u hukumat boshlig‘i emas. Siyosiy jihatdan bu narsa parlament saylovlarida g‘olib bо‘lgan partiya (yoki partiyalar) hukumatni tuzishini anglatadi, davlat boshlig‘i esa – bordiyu u ana shu partiyaning rahbari bо‘lmasa – uning 10
faoliyatini boshqarish imkoniyatidan mahrum bо‘ladi. Hukumatni Bosh-vazir2
boshqaradi.
Prezident respublikasida davlat boshlig‘i parlamentning muayyan nazorati ostida hukumatni tuzadi, bu hukumat uning oldida о‘z faoliyati uchun javobgar bо‘ladi. Odatda, prezidentlik respublikalarida bosh-vazirlik lavozimi bо‘lmaydi, chunki hukumat boshlig‘i lavozimini ham prezidentning о‘zi bajaradi. О‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining
89-moddasiga
muvofiq
"О‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
О‘zbekiston Respublikasida davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig‘i hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni paytda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi". Prezident ijroiya hokimiyati apparatini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublikada oliy boshqaruv va davlat organlarining о‘zaro munosabatlarini ta’minlaydi, vazirliklar, davlat qо‘mitalari va О‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining boshqa organlarini tashkil qiladi va tugatadi, ular haqida keyinchalik Oliy Majlisda tasdiqlash uchun farmoyishlar qabul qiladi. U Bosh vazirni, uning birinchi о‘rinbosarini, Bosh vazirning boshqa о‘rinbosarlarini, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, О‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, bu farmoyishlar keyinchalik Oliy Majlisda tasdiqlanadi (Konstitusiyaning 93-moddasi). Shunday qilib О‘zbekiston Respublikasi klassik prezidentlik respublikasidir.
Bundan tashqari "aralash" ("yarim prezidentlik" yoki prezidentlik-parlamentlik) respublikalar ham mavjud (Fransiya, Finlyandiya, Portugaliya), ularda parlament va prezident u yoki bu darajada hukumatni nazorat qilish bо‘yicha о‘z vakolatlarini baham kо‘rishadi.
Asrlar mobaynida davlatlar bir biridan ichki tuzilishi (strukturasi) bilan, ya’ni ma’muriy-hududiy birliklarini tashkil etish usuli, shuningdek, davlat hokimiyatining markazlashuv darajasi bilan farq qilishgan. Davlatning ushbu xususiyati davlat tuzilish shakllari deyiladi, bunda davlatning hududiy tuzilishi, 2 Ўша жойда, 181-бет.

11
yagona bо‘lgan muayyan davlatning о‘z tarkibiy qismlari bilan munosabatlari kо‘zda tutiladi.


Davlat tuzilishining unitar va federativ deb ataluvchi ikki asosiy shakli mavjud. Unitar davlatda hokimiyat markazlashtirilgan bо‘ladi, uning ma’muriy-hududiy birliklari (viloyatlar, provinsiyalar, okruglar va shu kabilari) davlat tuzilmasi maqomiga, suveren huquqlarga ega bо‘lmaydi. Unitar davlatda davlatning oliy organlari, konstitusiya, fuqarolik yagona buladi. Davlat tuzilishining bu shakli davlatning birligini ta’minlaydi, u yaxshi boshqariladi. Shu paytgacha amal qilgan davlatlarning kо‘pchiligi unitar davlatlar bо‘lgan.
Federativ davlat (federatsiya) – murakkab ittifoq davlatidir, uning qismlari (respublikalar, shtatlar, yerlar, kantonlar va hokazolar) davlat hisoblanadi yoki davlat maqomiga ega hodisalar bо‘lib, ular suverenitetga ega. Qat’iy ilmiy ma’noda konstitusiya yoki shartnomaga asoslangan davlatlar ittifoqiga federatsiya deyiladi. AQSH, Kanada, Braziliya, Meksika, GFR, Hindiston va shu kabi davlatlar federativ davlatlarga misol bо‘ladi. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatga oid hodisalar ("federatsiya subyektlari") о‘z konstitusiyasiga,
fuqaroligiga, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati kabi davlat hokimiyatining oliy organlariga ega bо‘lishi mumkin. Federatsiyada ikki darajali (umum federatsiyaviy va uning subyektlarida) oliy organlar tizimining mavjudligi ularning vakolatlarini chegaralash zaruriyatini tug‘diradi.
Juda kam hollarda davlat tuzilishining konfederativ shakli uchraydi. Qat’iy qilib aytiladigan bо‘lsa, konfederatsiya davlat emas. Konfederatsiya – suveren davlatlar ittifoqi bо‘lib, u muayyan (iqtisodiy, harbiy va boshqa) maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi. Konfederatsiya organlari a’zo-davlatlar faoliyatini, ular nima maqsadlarda birlashgan bо‘lsalar, ana shu masalalar borasidagi faoliyatlarinigina muvofiqlashtiradi. Konfederatsiya suverenitetga ega bо‘lmaydi.
О‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakllari bir qator xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Konstitusiyaning 68-moddasiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashkil topadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 12
о‘z ma’muriy-hududiy tuzilishini mustaqil hal qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi О‘zbekiston Respublikasi tarkibiga о‘z suverenitetiga ega bо‘lgan holda kirgan bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi (Konstitusiyaning 70-moddasi). О‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi doirasidagi о‘zaro munosabatlari ular о‘rtasida tuziladigan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq boshqariladi (Konstitusiyaning 75-moddasi).

Download 73.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling