Kun tartibi:
1. Forish tumani 4-DMTTda mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 -yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2022-yilda bajarilishi to‘g‘risida.
2. Forish tumani 4-DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 -yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Forish tumani 4-DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan
Eshitildi: 4-DMTT direktori S.Xayrullayeva 2022-yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Keldiyeva kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022-yil davomidagi faoliyati haqida hisobot berdi.
Hisobot yuzasidan muzokoraga so‘zga chiqdilar: Madiyeva Dilora, Pardayeva Feruzalar olib borilgan ishlar haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini aytib, kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyatini qoniqarli deb topish taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan
Eshitildi: jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya a’zosi Xamrayeva Malika DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 -yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Dalolatnoma yuzasidan muzokoraga so‘zga chiqdilar: M.Temirov, M.Xamrayeva, Z.Tolipovalar dalolatnomani mukammal tayyorlanganligi, bajarilmagan bandlarni kelgusi yilda bajarilishiga e’tibor kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdilar hamda dalolatnomani tasdiqlash taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |