Jamoa shartnomasi


Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan


Download 246.09 Kb.
bet37/46
Sana20.10.2023
Hajmi246.09 Kb.
#1713527
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
4-ДМТТ ЖШ 2023-2025 ТАЙЁР ЛОТИН

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan
Eshitildi: kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Keldiyeva DMTT ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlanish jarayoni va qisqacha mazmuni bilan barchani tanishtirdi.
Jamoa shartnomasi loyihasi yuzasidan muzokaraga so‘zga chiqdilar: U.Nurbekov, M.Xamrayeva, Z.Tolipovalar jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan deyarli 2 oy davomida muzokaralar olib borilganligi, xodimlarning takliflari inobatga olinganligi hamda ekspert komissiyasidan ekspertizadan o‘tkazilganligini hisobga olgan holda jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash fikrini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Muzokaraga ishtirok etganlarning fikr-mulohazalari va kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar inobatga olinib umumiy yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. 2023-2025 -yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi yuzasidan muassasa mudirasi S.Xayrullayevaga va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Keldiyevaning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin(ilova qilinadi).
2. 2023-2025 -yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin(dalolatnoma ilova qilinadi).
3. 2023-2025 -yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin.
4. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman bo‘linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin.
5. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi ma’qullansin.
6. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga:

  • 2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish;

  • jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqftida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish;

  • jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

  • XMT O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish;

  • Jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin.

7. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash muassasa mudirasi S.Xayrullayeva hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Keldiyevalar zimmalariga yuklatilsin.



Download 246.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling