4-DMTT ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 -yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2022-yilda bajarilishi haqida tekshiruv
MA’LUMOTNOMA-DALOLATNOMASI
Komissiya a’zolari tomonidan «A.Temur» MFY 4-DMTTda ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasini 2022-yilda bajarilishini tekshirib quyidagilarni aniqladik:
jamoa shartnomasining barcha bo‘limlari bo‘yicha 146 ta tadbir (majburiyat) bajarilishi ko‘zda tutilgan yil davomida jami 128 tasi bajarildi.
Jamoa shartnomasining mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar bandidan boshqa barcha bandlari to‘la va muddatdan ilgari bajarildi.
1. Umumiy qoidalar.
1.1. Hisobot yilida jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ xujjat vazifasini bajarib keldi.
1.2. Hisobot yilida muassasada kasanachilar mehnatidan foydalanilmadi.
1.3. Ish beruvchi barcha xodimlarni, Shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, Shuningdek Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishib qabul qilingan Muassasaning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlash majburiyatini bajarib keldi.
II. IQTISODIY FAOLIYAT
2.1. Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar, ish haqi va mehnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilib turdi.
2.2. Kasaba uyushmasi tashiloti
- ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, Shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiyiqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rib keldi;
- kasaba uyushmalariga xos uslublar yordamida Muassasaning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashib bordi;
- ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashdi;
- Muassasani boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklaShuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |