Jamoa shartnomasi
Download 246.09 Kb.
|
4-ДМТТ ЖШ 2023-2025 ТАЙЁР ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI
- VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
VI. MEHNAT INTIZOMI
6.1. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar, mansab yo‘riqnomalari, Muassasa Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlandi. 6.2. Hisobot yilida Ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan 1 nafar xodim ishdagi muvofaqqiyatlari uchun Davlat mukofotiga taqdim etildi, 3 nafar xodimga tashakkur e’lon qilindi, 1 nafar xodimga yubiley yoshi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘a berildi. VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI 7.1. Hisobot yilida xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga shikast etkazilishi yoki vafot etishi hollari yuz bermagani bois bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashga zarurat bo‘lmadi. 7.2. Hisobot yilida muassasaga xodimlar tomonidan moddiy zarar etkazilmagani sababli uni undirish zarurati bo‘lmadi. VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH 8.1. Jamoa shartnomasiga ilova sifatida har yili tuziladigan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimga binoan ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi ahvolini yaxshilash yuzasidan tadbirlar bajarilishi ta’minlandi, bu ishlarga __________so‘m sarflandi. 8.2. Mehnat muhofasi tadbirlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 noyabrdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan «Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan Mehnatni muhofaza qilish fondi barpo etildi; 8.3. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 2 nafar vakil saylab qo‘yildi. 8.4. Ish beruvchi: - xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda sug‘urta qilishni ta’minladi; - noqulay mehnat sharoitlarida band xodimlarni maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoya vositalari bilan, Shuningdek yuvish va zararsizlantirish vositalari, sut yoki Shunga teng boshqa mahsulotlar, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlash uchun so‘m sarfladi; - xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish hamda bilimlarini tekshirish to‘g‘risidagi namunaviy Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 14 avgustda 272-raqam bilan ro‘yxatga olingan) talablariga binoan xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etdi. Download 246.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling