III. Mehnat shartnomasi, bandlik kafotlatlari.
3.1. Xodim va Ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlar (Shu jumaladan tarmoq, (tarif) keliShuvlari, hududuiy (mintaqaviy) keliShuvlar va mazkur jamoa shartnomasi) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solib kelindi.
3.2.Mutahassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq, xodimlar to‘la-to‘kis ish bilan ta’minlandilar.
3.3.Mehnat shartnomasini Ish beruvchiiing tashabbusi bilan beqor qilinishi faqatgina Kasaba uyushmasi tashkilotchisining oldindan roziligini olib amalga oshirilib kelindi.
IV. Ish vaqti va dam olish vaqti.
4.1. Muassasada ish mehnat qonunlarida ko‘rsatilgan xaftalik ish soatidan oshmagan holda 5 kunlik ish xaftasi asosida tashkil qilindi.
Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaqti muassasa ichki mehnat tartibidan kelib chiqib belgalandi.
Ishchi xodimlar xaftalik ish soati tarifikatsiya soatiga muvofiq belgilandi.
4.2. nafar qorovul uchun ish vaqti (smenasi) muddati sutkasiga o‘n ikki soat miqdorida belgilab qo‘yildi va ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilindi. Bunda ish vaqtining yillik balansiga rioya etildi.
4.3. Qorovullardan tashqari boshqa xodimlar kechki va tungi vaqtlarda, Shuningdek dam olish va bayram kunlari ishga jalb etilmadilar.
V. MEHNATGA haq TO‘LASH. KAFOLATLI TO‘LOVLAR
VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI
5.1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 10-sonli qaroriga bilan tasdiqlangan Nizomlar hamda Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshirildi.
5.2. Ish haqini to‘lash muddatlari: birinchi yarim oy uchun - joriy oyning 5 sanasida, ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning 15 sanasida amalga oshirildi.
5.3. Xodimga haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarga nisbatan kechiktirilishi hollari yuz bermadi.
5.4. Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, Shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushmasi tashkilotchisi bilan kelishib bordi.
5.5. Xodimlarni mukofotlash Muassasaning mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomiga asosan amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |