Jamoa shartnomasi


ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI


Download 484 Kb.
bet39/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

4. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
4.1. Xodim ushbu Qoidalarga, navbatlilik jadvallariga va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq oʻzining mehnat majburiyatlarini bajarishi kerak boʻlgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
4.2. Tashkilotda har kungi ish vaqti 8 soatni tashkil etadigan besh kunlik ish haftasi belgilangan.
Barcha xodimlar uchun ushbu Qoidalarning 4.8-bandida koʻrsatilgan har haftalik dam olish vaqti ikki dam olish kunini (shanba va yakshanba) tashkil etadi. Barcha xodimlar uchun umumiy dam olish kuni shanba va yakshanba hisoblanadi.
4.3. Tashkilotning quyidagi xodimlari uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:
16 yoshgacha boʻlgan shaxslarga - haftada 24 soat;
16 dan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarga - haftada 36 soat;
II guruh nogironlariga - haftada 36 soat;
homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollarga;
(Agar ular tashkilotda mavjud boʻlsa ish vaqtining qisqartirilgan muddatidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan boshqa xodimlar ham koʻrsatiladi).
4.4. Har kungi ishning davomiylik vaqti quyidagi hollarda bir soatga qisqartiriladi:
bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida;
tungi vaqtda ishlarni bajarganda (soat 22.00 dan to 6.00 gacha boʻlgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi).
Tungi ishlash muddati ishlab chiqarish sharoitiga koʻra zarur boʻlgan hollarda;
4.5. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha ishga qabul qilish paytida ham, keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin.
Ish beruvchi quyidagi hollarda toʻliqsiz ish vaqtini belgilashi mumkin:
homilador ayollar; 14 yoshgacha bolasi (16 yoshgacha nogiron bolasi) boʻlgan ayollar, shu jumladan, uning homiyligida yoki tibbiy xulosaga muvofiq oilaning kasal aʼzosini boqayotgan shaxsning iltimosiga koʻra, qonunchilikda, shuningdek, jamoa shartnomasining ______ bandida koʻzda tutilgan hollarda.
Toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlash xodim uchun har yilgi taʼtil muddatini mehnat stajini hisoblash va boshqa mehnat huquqlarini biror bir tarzda cheklashlarga sabab boʻlmaydi va ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.
4.6. Har kungi ishning boshlanish va tugash hamda dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti quyidagicha belgilanadi:


Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling