Jamoa shartnomasi


MEHNAT SHARTNOMASI TOMONLARI


Download 484 Kb.
bet41/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

5. MEHNAT SHARTNOMASI TOMONLARI
OʻRTASIDAGI IXTILOFLARNI
HAL ETISH
5.1. Har bir xodim qonunchiliklarda, mazkur Qoidalarda, tashkilotning boshqa lokal hujjatlarida va mehnat shartnomasida koʻzda tutilgan mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sudda himoya qilish, shuningdek, malakali yuridik yordam olish huquqiga egadir.
5.2. Oʻzining huquqlarini buzilgan deb hisoblovchi xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasi orqali ish beruvchiga ogʻzaki yoki yozma shaklda murojaat qilishga haqlidir. Xodimning murojaati mazkur Qoidalarning 2.5-bandida koʻzda tutilgan tartibda roʻyxatga olinishi kerak.
5.3. Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatiga koʻra, bevosita koʻrib chiqilgandan keyin yuboriladi.
Mehnat sharoitlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi murojaatga javob xodimga bunday oʻzgarishga boʻlgan huquq qonunda koʻzda tutilganday uch kundan kechiktirmay joʻnatilishi kerak.
Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida koʻrsatilgan holdagi ixtilof paytida yoki ish beruvchining javobidan qoniqmaganda xodim oʻzining tanlashiga koʻra mehnat nizosini hal etish uchun mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga (bundan keyin - MNK) yoki bevosita sudga, shuningdek, vakolatiga tashkilot xodimlarini himoya qilish kiradigan boshqa organlarga murojaat qilishga haqlidir.
5.4. Xodim tomonidan berilgan ariza MNKda roʻyxatga olinadi (jamoa shartnomasining 13.2 bandiga qarang) va ariza bergan xodim ishtirokida u berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Xodimning arizani koʻrib chiqishda ishtirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda mazkur arizani koʻrib chiqmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni qaytadan ariza topshirish huquqidan mahrum qilmaydi.
5.5. MNK qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi MNK ning koʻchirma nusxasini olgandan keyin 10 kun ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
5.6. Xodim sudga yoki MNKga quyidagi muddatlarda murojaat qilishga haqlidir:
ishga tiklash toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha xodimga u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan boshlab koʻpi bilan bir oy ichida;
boshqa nizolar boʻyicha - xodim oʻz huquqining buzilgani toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay;
xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan muddatlarni uzrli sabablar bilan oʻtkazib yuborilgan taqdirda ular sud yoki MNK tomonidan tiklanishi mumkin.
(Ichki mehnat tartibi qoidalari koʻzga koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi).
Amu-surxon irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi huzuridagi
meliorativ ekspeditsiyasi kadrlar
boʻyicha bosh inspektori: B.Xolbutayev


MUNDARIJA




Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling