Jamoa shartnomasi


Kasaba uyushma qumitasi raisi: N.Muhamadiev


Download 484 Kb.
bet36/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

Kasaba uyushma qumitasi raisi: N.Muhamadiev


Yigʻilish kotibi, Kasaba
uyushma qoʻmitasi aʻzosi: N.Sayidnazarova

KELISHILDI” “TASDIQLAYMAN” Meliorativ ekspeditsiya Amu-Surxon ITXB huzuridagi


Kasaba uyushmasi raisi Meliorativ ekspeditsiyasi boshligʻi
____________ N.Muhamadiyev _____________N.Karimov
“____”__________2022-yil “____”___________ 2022-yil


2022-2025-YILLAR UCHUN AMU-SURXON IRRIGATSIYA TIZIMLARI HAVZA BOSHQARMASI HUZURIDAGI MELIORATIV EKSPEDITSIYASINING
ICHKI MEHNAT TARTIB QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ichki mehnat tartibining ushbu qoidalari Mehnat kodeksiga, mehnat toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan asosiy qatʼiy meʼyoriy hujjat hisoblanadi.
1.2. Qoidalar tashkilotning kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va tashkilotda qoʻllaniladi.
1.3. Qoidalarga rioya qilish ish beruvchilar va xodimlar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
1.4. Ish beruvchining quyidagilarga majburiyatlari:
1.4.1. Xodimlarning mehnatini tashkil etish;
1.4.2. Qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarda, mehnat shartnomasida koʻzda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratish;
1.4.3. Xodimga u bajargan ish uchun tashkilotda belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda haq toʻlash.
1.4.4. Mehnat va ishlab chiqarish intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini taʼminlash;
1.4.5. Qonunchilikka jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolatli va badal toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash;
1.4.6. Mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq toʻlash;
1.4.7. Xodimlarning vakolatli organlari huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga koʻmaklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha muzokaralar olib borish;
1.4.8. Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.
1.5. Xodimning majburiyatlari:
1.5.1. Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
1.5.2. Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan buyruqlar va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida hamda aniq bajarish;
1.5.3.Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
1.5.4. Tashkilotning mol-mulkiga avaylab munosabatda boʻlish;
1.5.5. Mehnat jamoasining aʼzolari, tashkilot mijozlari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfeʼl munosabatda boʻlish.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling