Jamoa shartnomasi


 Taraflar yilda 1 marotaba


Download 484 Kb.
bet32/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

15.3. Taraflar yilda 1 marotaba mazkur Shartnoma bajarilishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazish va tekshiruv natijalarini mehnat jamoasining umumiy yigʻilishida muhokama qilishni oʻz zimmalariga oladilar. Bunda, jamoa shartnomasi bajarilishining yil yakunlari hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
15.4. Mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da Ish beruvchining Meliorativ ekspeditsiyasi xodimlarining majburiy mehnatga jalb kilinmasligiga oid majburiyatlari toʻliq bajarilishi yuzasidan hisoboti eshitiladi.
15.5. Taraflar tarmoq, hududiy kelishuvlarni tan olib, ularni bajarish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar. Basharti yuqorida nomlari keltirilgan kelishuvlarga oʻzgartishlar kiritilsa, Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi 15 ish kuni muddati ichida mazkur Shartnomaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha muzokaralar olib boradi.
15.6. Taraflar shuni eʼtirof etadilarki, ularning mazkur Shartnomada aks ettirilgan manfaatlari ular tomonidan Shartnomaning barcha shartlari va majburiyatlari soʻzsiz bajarilgan taqdirdagina roʻyyobga chiqishi mumkin.
15.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi jamoa shartnomasi loyihasini maʼqullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yigʻilishidan oldin uning loyihasini ASM xodimlari Termiz shaxar kengashiga taqdim etadi.
15.8. Mazkur Shartnoma imzolangandan soʻng, taraflar uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etadilar yoki saqlash uchun ASM xodimlari Termiz shaxar kengashiga topshirishlari mumkin.
15.9. Shartnoma imzolangandan soʻng, tomonlar uning bajarilishi boʻyicha tadbirlar rejasi, masʼullar va muddatlarni belgilab oladilar.
15.10. Shartnoma imzolangan kunidan bir oydan kechiktirilmagan muddatda 3 nusxada chiqariladi. Xodimlar Shartnoma matni va ilovalari bilan Meliorativ ekspeditsiyasining xodimlar boʻlimida, mehnat muhofazasi, ish haqi va yuridik boʻlimlarida hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasida tanishishlari mumkin.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling