Jamoa shartnomasi


 Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga


Download 484 Kb.
bet31/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

14.9. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga mehnat jamoasining manfaatlarini koʻzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun har haftalik ish vaqtining 30 foizidan kam boʻlmagan vaqt, shuningdek kasaba uyushmasining yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻqishi uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi.
14.10. Ish beruvchi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillarining yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil etilayotgan oʻquvlar, madaniy-maʼrifiy va sport yoʻnalishidagi tadbirlarda ishtirok etishlarini taʼminlaydi.
14.10. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qoʻllash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida, Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Xalqaro mehnat tashkilotining “Meliorativ ekspeditsiyasilarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi 135-Konvensiyasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
14.11. Meliorativ ekspeditsiyasida Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish xuquqini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 87-sonli Konvensiyasi talablariga ogʻishmay rioya etiladi.

XV. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH


15.1. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi manfaatlari u tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomasini tuzishga boʻlgan ustuvor huquqqa ega, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. (Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 29- va 34-moddalari).
15.2. Taraflar tenglik asosida mazkur Shartnoma bajarilishini tekshirib boruvchi komissiyani tuzishni oʻz zimmalariga oladilar.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling