Jamoa shartnomasi


 ishni taʼlim bilan qoʻshib olib boruvchi xodimlar ish kunining boshlanish va tamom boʻlish vaqtini xodimga maqbul tarzda oʻrnatilishi; 12.4.2


Download 484 Kb.
bet28/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

12.4.1. ishni taʼlim bilan qoʻshib olib boruvchi xodimlar ish kunining boshlanish va tamom boʻlish vaqtini xodimga maqbul tarzda oʻrnatilishi;
12.4.2. yilda 14 kalendar kunidan kam boʻlmagan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berish.
12.5. Ish beruvchi majburiyatlari:
a) kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni Meliorativ ekspeditsiyasiga jalb etish borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib borish;
b) mehnat jamoasida “Ustoz shogird” tizimini joriy etish. Bunda taʼlim, muassasasini tamomlagandan keyin birinchi marta ishga qabul qilingan xodimga bir yil davomida tajribali xodimni ustoz sifatida biriktirish.
12.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiyatlari:
a) yosh xodimlarning ijtimoiy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish ishlarini yanada mukammallashtirish uchun mavjud huquqiy-normativ bazadan foydalanish;
b) yosh yigit-qizlarni kasaba uyushmalari faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish, jamoat ishida faollik koʻrsatgan yoshlarni tizimli ravishda maʼnaviy (faxriy yorliq, tashakkurnoma, ular toʻgʻrisida veb-saytlarda ragʻbatlantiruvchi maqolalar chop etish);
v) oʻquvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaxassislarni jalb etish hamda yoshlarni ishga qabul qilishda ustoz biriktirilishini taʼminlashda koʻmaklashish;
g) ishga qabul qilingan kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilishini, ular jamoa shartnomalari bilan tanishtirilishini taʼminlash;
d) ishga yangi qabul qilingan yoshlarning ish joylarida qoʻnimliligini taʼminlash boʻyicha ish olib borish;
ye) har bir yosh mutaxassisni ishga qabul qilinishi bilan hisobga olib, Meliorativ ekspeditsiyasining oʻzida, zarur hollarda esa oʻquv kurslarida malaka oshirishini nazorat qilib borish;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasiga asosan oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmasligi hamda 2471-moddasiga asosan uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilar bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch yillik muddat oʻtguniga qadar Ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganida mehnat organlariga xabar berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish;
z) Meliorativ ekspeditsiyasida yosh xodimlar oʻrtasida madaniy-maʼrifiy, maʼnaviy hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng miqyosda amalga oshirish orqali ishlayotgan yoshlar faoliyatidagi salbiy holatlarni, jumladan, ertangi kunga ishonchning soʻnishini oldini olish, ish haqi, mehnat sharoitlaridan minnatdorlik hissini uygʻotish;

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling